|
2-mavzu. Steam ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo’llashning me’yoriy- uslubiy asoslari
|
bet | 5/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #142810 |
Bog'liq 2---23.Markazlashtirish tamoyili o’quvchining faoliyat turlarini hisobga olish texnologik jarayonda tinglovchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta’lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va tinglovchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini tinglovchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o’zlashtirib olishga yo’naltirilgan o’quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o’quv fani bo’yicha ta’lim mazmuni umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o’rta ta’lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub’ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Sub’ekt faoliyatining turlari, o’z navbatida, aniq modellar yig’indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. Tinglovchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo’lib, tinglovchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi
4. Refleksivlik tamoyili sub’ektning o’ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o’zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o’rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o’qituvchiga doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, tinglovchilarning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, ularni to’ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili ta’lim jarayonini loyihalash, tamoyillari yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim jarayoni ishtirokchisi – sub’ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to’ldirib borishni talab etadi.
5. Ko’p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o’qituvchi va tinglovchilarning ijtimoiy–iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o’quv muassasasining o’quv-moddiy bazasi, o’qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy–psixologik muhit, tinglovchilarning o’quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim jarayonini loyihalashda o’qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
6. Natijaviylik tamoyili pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt, kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o’zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o’quv faoliyatining muvofiqligi, ta’lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub’ektning qisqa vaqt, kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
|
| |