|
Zakovat savoli Loyihalashtirishning mohiyati
|
bet | 4/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #142810 |
Bog'liq 2---2Zakovat savoli Loyihalashtirishning mohiyati
“Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” fanining maqsadi - samaradorlikka erishish maqsadida ta’lim jarayonini oldindan pedagogik texnologiyalar orqali oqilona rejalashtirish, ta’lim sifatini oshirib borishdan iborat.
Ta’lim jarayonini loyihalashda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardir:
- Natijalarni oldindin ko’ra bilish;
- Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish;
- Ta’lim sifatini oshirish, ta’limning uzluksizligini ta’minlab borish;
- Ta’limiy vositalarni faoliyat mavzusiga mos tarzda ishlab chiqish;
- Vaqt me’yorlariga asosan innovatsion g’oyalarni amaliyotga tadbiq qilish;
- Pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirsh
4.Pedagogik jarayonni loyihalashtirishning tamoyillari.
Ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillari:
- Talaba shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili
- Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili
- Markazlashtirish tamoyili
- Refleksivlik tamoyili
- Ko’p omillilik tamoyili
- Natijaviylik tamoyili
1. Tinglovchi shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo’yganidan boshlab uning faoliyat ko’lami (o’z-o’ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko’nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo’lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo’lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni tinglovchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur.
2. Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, tinglovchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi.
|
| |