2-mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining global kasbiy kompetentliligi




Download 27 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2024
Hajmi27 Kb.
#208487
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu
7 mavzu Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldin, Menjmet ishci yangi, Miyangiz qanday tashkil topgan, 04-02 Metodistning oylik ish rejasi ish jurnali va hisoboti, Ижтимоий паспорт Республиканики (3), 9-1 MUZ S-19 (YaN), 1440-T kursdan kursga ko\'chirish 16.10.2023 (2), фгвше, 1 лекция, Taqdimot (1), ayollar ko`ylagi, portal.guldu.uz-QANDOLAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI, 1-kurs qabul 18,11,2023 Agronomiya va biotexnalogiya, 4-Ma\'ruza., Risklarni boshqarish (3)

2-mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining global kasbiy kompetentliligi.
Ijtimoiy borliqni his eta bilish va tushunish. Mustaqil o’z yo’lini topa olishi, dunyoqarashi. O’quv va boshqa vaziyatlarda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish. Tanlagan kasbiy faoliyatida dunyoqarashining kengligi.

Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishidir. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. O‘qituvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yo‘naltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi ma’suliyatini yanada oshiradi.


Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.
Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda texnologiya o‘qituvchisining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;

  • o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;

  • o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi.

O‘qituvchilaro‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya - bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning jadal amalga oshirilishi, ta’lim tizimining bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida umum e’tiborli va ma’naviy qishiqishga moliq jarayonga aylanadi. Ta’lim tizimining umumiy maqsadi teng huquqli demokratik davlat talabiga javob beradigan barkamol jamiyat a’zolarini tarbiyalab berishdan iboratdir. Kasbiy faoliyatda texnologiya fani o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali inson hayotga, shaxs tarbiyasiga, ijimoiy munosabatlar rivojlanishga ma’lum ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Texnologya ta’limi o‘qituvchisi kasbiy kompetenligini shakllantirishda esa ta’limni taraqqiy ettirishning ishlab chiqilgan kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning modeli - ta’lim va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik hamda muammoli vaziyatlarning muvaffaqiyati hal etilishini ta’minlovchi, motivatsion xislatlar, intellektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, hissiy sifatlar, o‘z-o‘zini boshqara olish sifatlarini ta’riflovchi hamda kasb egasining mustaqil bilim olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishda aks ettiruvchi andoza hisoblanadi.
Texnologiya fanining o‘ziga xosligi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning umummehnat va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyillikka ko‘ra kasb hunar turlarini tanlashga asos bo‘ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, halq xo‘jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to‘g‘risida bilimlar berish, mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishga imkon yaratish. Texnologiya fanining o‘ziga xos muhim xususiyatlaridan yana biri-bu fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarning asosiy qismini amaliy va ishlab chiqarish mazmuniga ega ekanligidadir. O‘sib kelatgan yosh avlodning o‘qitish va tarbiyalashda eng asosiy ta’sirni o‘qituvchi ko‘rsatar ekan, o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganligi, o‘quv va tarbiya jarayonini boshqarishda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiya va bilim olishi, ularning baholari yaxshi bo‘lishi bog‘liq. Boshlang‘ich va professional kompetentnostning o‘rni nafaqat pedagog va uning o‘quvchilari hayotida katta o‘rin olgan. Hozirgi vaqtda o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetentligi haqida birorta aniq ta’rif keltirilmagan. Texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim standartlari mutaxassislarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish mexanizmi vazifasini o‘taydi. Davlat ta’lim standartida mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasiga nisbatan belgilangan talablar ahamiyatiga ko‘ra asosiy va ta’minlovchi talablar guruhlariga ajratiladi.

Download 27 Kb.
  1   2   3




Download 27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining global kasbiy kompetentliligi

Download 27 Kb.