Yo‘lovchi avtomobil transporti vositalari tasnifi




Download 23.18 Kb.
bet2/3
Sana10.01.2024
Hajmi23.18 Kb.
#134134
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu (9)
45raxbarlikkitobipdf(1), Oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat, QAYTA O\'ZLASHTIRISH 13.10.2022, 16-ma\'ruza slayd, 17-ma\'ruza slayd, axmedov mttv fanidan, suniy intelekt, KIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISH, Quvonboyev Asadbek Strategik menejment, Таълим тўғрисидаги Қонун, aaa, scs, Shohobiddinov U Atrabotka hfx 3, 12, 4293755020
Yo‘lovchi avtomobil transporti vositalari tasnifi

O‘zbekiston Respublikasining 29 avgust 1998 yilda 674-1 raqam bilan qabul qilgan “Avtomobil transpotri to‘g‘risida”gi Qonuninig 3-moddasida avtotransport vositasi deganda yo’lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar tushunishligi qayd qilingan.
Avtobus atamasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 4 noyabr 2003 yildagi 482-qarorining birinchi paragrafida quyidagicha ta’rif berilgan: avtobus – yo‘lovchilarni, bagajni tashishga mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi.
Aholining tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda birinchi o‘rinda avtomobil transporti vositalaridan biri bo‘lgan avtobuslar alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda 1,5 mln. dona yengil avtomobil, 300 ming dona yuk avtomobili va 73 ming dona avtobus mavjud bo‘lib ular yordamida har yili 3 mlrd. yo’lovchi tashilmoqda. Birinchi avtobus qatnovi 1906 yilda Farg‘ona-Marg‘ilon Shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan. 1910 yili Toshkentda birinchi avtobuslar paydo bo‘lgan. Xorijdan keltirilgan 8 ta kichik avtobus va bitta 40 o‘rinli avtobus Shahar ko‘chalarida qatnay boshlagan.
Avtobuslar ishlatilishiga, o‘lchamiga, sig‘imiga, kuzov tipiga, qavatliligiga, konstruktiv xususiyatlariga va boshqa belgilariga qarab turlarga ajratiladi.
Sig‘imiga qarab avtobuslar 5 turga ajratiladi: juda kichik, kichik, o‘rta, katta, qo‘shaloq.
Avtobuslar kuzovining turiga va qavatliligiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi.
- kuzovning shakliga qarab vagon va kapot tipli;
- qavatliligiga qarab: bir, bir yarim va ikki qavatli. Dvigatelning turiga qarab avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadilar:
- karbyuratorli (benzinda va gazda ishlovchi);
- dizelli;
- elektrik (elektrobuslar).
Avtobuslarda dvigatel kuzovning oldida, orqasida yoki polning tagida joylashishi mumkin.
Yengil avtomobillar ishlatilishiga, kuzov turiga, dvigatelning ishchi xajmiga va og‘irligiga qarab turlarga ajratiladi.
Ishlatilishiga qarab yengil avtomobillar umumfoydalanishdagi, xizmatchi, prokatdagi va shaxsiy avtomobillarga ajratiladi.



Download 23.18 Kb.
1   2   3




Download 23.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘lovchi avtomobil transporti vositalari tasnifi

Download 23.18 Kb.