JizPI Qurilish materiallai
muxandisli fakulteti dekani:
2021yil 21 iyun
____________ Sh.Erboyev
(imzo)
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari”
kafedrasi mudiri:
2021 yil 15 iyun
____________ O.Berdiyev
(imzo)
177
I.
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni
Ushbu
fan
Beton
to‘ldiruvchilar
texnologiyasiga
oid
masalalar,
to‘ldiruvchilarning turlari, xossalari va ularga qo‘yilgan talablar, g‘ovakli tog‘
jinslaridan olingan tabiiy chaqiq toshlar, tabiiy to‘ldiruvchilar olish texnologiyasi,
sun'iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar, agloporit, keramporit, kamporit, keramzit ishlab
chiqarish texnologiyasi, ularni quritish, kuydirish va sovitish, aglomeratsiya
jarayonining o‘ziga xos tomonlari va mohiyati, shlakli pemza, perlit, dolomit
ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot va qo‘yiladigan talablari
jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
“Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs
hisoblanib 2-3 kurslarda o‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa
fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq
yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fannini o‘qitishdan maqsad – talabalarda beton to‘ldiruvchilarining asosiy
xossalarini, tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar xomashyo tarkibi va ishlab chiqarish
texnologiyasini, to‘ldiruvchilarning beton xususiyatiga ta'sirini va to‘ldiruvchilarni
qo‘llanilish sohalarini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni
shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv, hamda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo‘yiladi. Talaba:
“Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
beton to‘ldiruvchilarning sinflanishi;
beton to‘ldiruvchilar turlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
beton to‘ldiruvchilari uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyolarni;
beton to‘ldiruvchilarning xossalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarish usullari;
178
beton to‘ldiruvchilari asosida yengil betonlar tayorlash ko‘nikmalariga
|