RESPUBLIKASIDA TO‘LDIRUVCHILARNI TUTGAN O‘RNI. BETON




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/145
Sana21.12.2023
Hajmi2.95 Mb.
#125770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK
Qurilish korxonalarining, Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiyaviy ishlarni-fayllar.org, Ayollar va erkaklar pidjagini modellashtirish-fayllar.org, 0e6b4b1b-1672-4809-9ba9-09b20c880146, Ismailiov Alisher Fayziyevich
RESPUBLIKASIDA TO‘LDIRUVCHILARNI TUTGAN O‘RNI. BETON 
TO‘LDIRUVCHILARINING MAQSAD VA VAZIFALARI. BETON 
TO‘LDIRUVCHILARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
Reja: 
1.Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasining mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasida to‘ldiruvchilarni tutgan o‘rni. 
 
Mustaqillik yillari davomida qo‘llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich 
islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina 
ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan 
Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o‘z mavqyeiga ega bo‘ldi. 
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy 
intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga chiqarish 
mumkin bo‘lgan qo‘l ostimizdagi o‘z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, 
ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir. 
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O‘zbekiston 
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb 
etish, amalda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida 
belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda. 
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat 
yuritilishiga qulay muhit va zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar 
yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat 
tashkilot va o‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina 
miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun 
samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab 
qilinadi. 
Respublika xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari 
salmoqli o‘rin egallaydi. Bu esa o‘z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, 
qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj va 
malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi. 
Beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy 
yo‘llanmalar qo‘yidagilar bo‘lishi kerak: to‘ldiruvchilar sifat darajasi va samarasini 
oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli 
to‘ldiruvchilarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to‘ldiruvchilarini 
ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy 
texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik 
uskunalarni ishlatish; to‘ldiruvchilar hossalarini aniqlashda xomashyo 
mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; 
hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni 



tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni 
keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini 
oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor. 
Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab 
chiqarish kun sayin o‘sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy 
masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini 
yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo‘llash.
Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning 
ma'lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, 
zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun'iy tosh materialiga aytiladi. 
Sement va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta'sirlashuv yuzaga kelmaydi 
(avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning 
uchun to‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va 
tarkibiga ta'sir qiladi va bu ta'sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish 
taqazo etiladi. 
To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish 
chiqindilari 
(shlaklar 
va 
boshqalar)dan 
foydalaniladi. 
Bunday 
arzon 
to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki 
to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. 
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun'iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
 
O'zbekitonda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng rivojlanib, yangi bino va 
inshootlar, ko‘p kavatli turar joylar, madaniy-maishiy ob’ektlar, yo‘llar ko‘priklar 
va boshqa ob’ektlar jadal sur’atlarda qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab 
chikarish korxonalari ham keng ko’lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish 
qancha ko‘p boisa, qurilish materiallariga bolgan talab va ektiyoj ham shunchalik 
ko‘payaveradi. 
O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019 yil, 23 maydagi "Qurilish 
materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
tug‘risida"gi PQ 4335-sonli qaroriga muvofik Respublikamizda raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalami modemizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy 
uzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Qarorda 2019-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot 
turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallarini ishlab chiqarishning
maqsadli ko‘rsatkichiga asosan to‘ldiruvchilar, g‘isht, sement, ohak, gips va 
boshqa qurilish materiallari hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilangan. 
Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ulami ishlab 
chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Tto’ldiruvchilar - bu ma’lum 
zarrachalar tarkibiga ega tabiy yoki sun’iy materiallar bo‘lib, bog‘lovchilar va suv 
ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Tto’ldiruvchi sifatida 



asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va 
boshqalar)dan foydalaniladi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy 
tto’ldiruvchikardan tayyorlangan engil beton keng ko’lamda qo’lanilmoqda. 
G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib 
qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
Tto’ldiruvchikar beton va temir-beton konstruksiyalaming 30....50 % narhini, 
80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu 
to‘ldiruvchilami ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash 
hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni 
qo‘llash dir. Tosh materiallar va ular asosida olinadigan toidiruvchilar qadim 
zamondan bino va inshootlami tiklashda keng qo’llanilgan. Misrdagi hashamatli 
yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona 
ibodatxonasi noyob kabi ulkan yodgorliklar eramizdan ikki~to‘rt ming yil avval 
xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan. Vatanimizda tosh materiallami bino 
va inshootlarda keng qo‘llab kelinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Masalan 
shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva 
yodgorliklari kabi inshootlarda tosh materiallardan keng foydalanilgan. 
Asrlar osha tosh materiallami qo‘llash ahamiyati osha borgan, ulardan 
foydalanib ko‘plab binolar, to‘g‘onlar hamda turli muhandislik inshootlari 
qurilgan. Keyingi yillarda qurilishda beton va temir-betonlarni qo‘llash hajmi 
oshdi va beton uchun ishlatiladigan to’ldiruvchilami ishlab chiqarish hajmi ham bir 
necha marta ortdi. To‘ldiruvchilarning sifati yaxshilandi, assortimenti ko‘paydi va 
yangi texnologik usullar ishga tushirildi.
Xozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori 
unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma 
texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Beton toldiruvchilari ishlab 
chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan, shu jumladan 
sanoat chiqindilaridan
keng foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va 
qurilishning tannarxini kamaytirishdir. O‘zbekistondagi beton to‘ldiruvehilar 
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish 
institutlari va tajribaxonalari hamda markaziy institutlarining o‘rni juda ham katta. 
Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasini rivojlantirishda Respublika olimlaridan 
M.O‘razboev, K.Axmedov, A.Ashrabov, YU.Toshpulatov, B.A.Asqarov, 
E.Qosimov, 
N.A.Samig‘ov, 
A.Tulaganov, 
L.M.Botvina 
X.A.Akramov, 
B.X.Raximov, X.N.Nuritdinov, M.T.Turupov, U.A.G‘oziev, N.Maxmudova, 
S.J.Razzaqov, M.Akbarov, X.Quldashev,
SH.T.Raximov va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Akademiklar 
X.A.Abdullaev, D.S.Belyankina, B.A.Krilov, G.O.Mavlonov va boshqa olimlar 
juda ko‘p yangi tabiiy qurilish materiallarini topishga muyassar bo‘ldilar. Beton 
to‘ldiruvchilar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina olimlar: 
YU.M.Bajenov, I.I.Axverdov, S.M.Itskovich, L.D.CHumakov, B.N.Vinogradov, 
I.A.Ivanov, YU.P.Gorlova va boshqalar olib borgan ishlari salmoqli o‘rin tutadi. 



Shuningdek, oliy ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o‘qitishda 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish, ta'lim 
jarayonining shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari asosida tashkil 
etilishini ta'minlash hamda rivojlangan davlatlaring kasbiy ta'lim tajribalarini 
mamlakatimiz ta'lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi. Bugungi kunda o‘qituvchi 
faqat bilim berish va amaliy ko‘nikmani shakliantirish bilan chegaralanmasdan 
o‘quvchilami mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o‘rgatishi 
kerak .Shuning uchun pedagog turli zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanib 
o‘quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. O‘qitish 
metodini tanlashda quyidagilar asos boladi: 
•Dars mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari.•Bayon etiladigan 
o‘quv materialining tavsifi.•Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi.• O‘quv 
jarayonining mazkur bosqichida o‘rganilayotgan fan metodlari.• O‘quv 
muassasasida 
o‘qitish 
sharoitlari 
va 
moddiy-texnik 
ta'minlanganligi.• 
O‘quvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgarligi va o‘quv jarayonini 
tashkil etishi darajasi, dars berishning zamonaviy metod va texnologiyalarini 
bilishi. Beton uchun ishlatiladigan toidiruvchilarning turlari ko‘pligi, ularning 
xossalari va ishlatish xususiyatlarini o‘rganishda bir qator muammolarni keltirib 
chiqaradi.
Biroq ularning umumiyligi materiallarning xossalarini material tarkib topgan 
moddalarning tuzilish xususiyatlariga bog‘liqligidadir. Shuning uchun fanni 
o‘rganishda, birinchi navbatda, materialning xossalari, tarkibi va tuzilishidagi 
bogiiqligiga jiddiy e'tibor qaratish lozim. G‘ovakli toidiruvchilar xomashyoga turli 
usullarda ishlov berish natijasida turli tuzilishdagi va turli xossalarga ega 
materiallar olinadi. Bu vaziyatda, fanni o‘rganish jarayonida, ushbu ishlab 
chiqarish va ishlov berish usullarini shunday o‘rganish kerakki, ularning material 
tuzilishi va xossasiga ta'sir etishini baholash imkoni boisin. Materiallarning 
xossalarini, uning tarkibi va tuzilishiga bog‘liqligini va asosiy texnologik 
jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida talaba materiallar sifatini to‘g‘ri baholay 
olishi va ulardan qurilishda samarali foydalanish sohalarini aniqlay olishi kerak. 
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o‘qitishda birinchi navbatda 
to‘ldimvchilarning betonlar uchun ahamiyati, ajdodlarimizning boy me'morchilik 
merosi va undan faxrlanish to‘yg‘usi, O‘zbekistonda toldiruvchilar ishlab chiqarish 
tarixi va istiqboli, fanning vazifasi, uning o‘rganishda interfaol strategiyalardan va 
axborot texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ish bajarish va uni baholash 
mezonlari haqida tushuncha berish lozim. Shuningdek, fanni o‘rganish jarayonida 
uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e'tibor qaratish lozim. Buning uchun qurilish 
sanoatidagi ulkan yutuqlar, ishlab chiqarish rivoji, bu sohada olimlarimiz olib 
borayotgan izlanishlari, qurilish materiallari sohasidagi chet el tajribasi, fan va 
texnika rivoji haqida misollar keltirish kerak.Ma'ruzalarda fanning murakkab 
masalalari bo‘yicha tushunchalar berish va tavsiya etiladigan adabiyotlar bilan 
ishlash bo‘yicha maslahatlar berish lozim. 
Ma'ruzalar tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish tavsiya 
etiladi. Ma'ruzalar o‘tishda interfaol metodlar (kichik guruhlarga uyushtirish, 



klaster tuzish, “aqliy hujum”, insert jadvali, sinkveyn, davra suhbati, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, loyiha, yo‘naltiruvchi matn va b.) dan foydalanish 
ta'lim oluvchilami faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga urtdovchi imkoniyatlami 
yaratadi. Nazariy o‘quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo‘lib har 20 daqiqa 
davomida turli ta'lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ta'lim metodlaridan bunday uyg‘unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida 
nafaqat ta'lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta'lim 
samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin. Ma'ruza so‘ngida, albatta, 3-4 
daqiqali vaqtni talabalar bilimini tekshirishga ajratish lozim. Talabalar bilimini 
o‘tilgan mavzu bo‘yicha testlar, nazorat savollari, tarqatma materiallar, mavzu 
bo‘yicha ESSE yozish va shu kabilar orqali baholash mumkin.
Oliy o‘quv yurti talablaridan kelib chiqib, fanni amaliy (tajribalarda, 
ustaxonalarda, ekskursiyalarda) mashg‘ulotlarda o‘rganishga alohida e'tibor 
qaratmoq lozim. Bu mashg‘ulotlarda nazariy darslarda va tavsiya etilgan 
adabiyotlar asosida mustaqil ish bajarishda olingan bilimlar mustahkamlanadi. 
Amaliy mashg‘ulotlarda beton toidiruvchilarni samarali ishlatish masalalarini 
yechish metodlari bo‘yicha ko‘nikma va mahorat shakllanadi va rivojlanadi. 
Shuningdek, mashg‘ulotlarda turli masalalarni yechish bo‘yicha mustaqil yechim 
qabul qilish, mavzu bo‘yicha mustaqil likr yuritish, o‘z fikrini erkin bayon etish, 
kompetentlik kabi fazilatlar shakllanadi. Masala va misollami shunday tanlash 
kerakki, ularda minimal hisob-grafik ishlari bajarilib, metod g‘oyasini aks ettirsin.
Amaliy mashg‘ulotlarda o'quvchilar me'yoriy (davlat standartlari, qurilish 
me'yorlari va qoidalari va b) hujjatlardan, ko‘rgazmali vositalar (tarqatma material, 
maketlar, plakatlar, namunalar va sh.k.) dan keng foydalansinlar. Amaliy dars 
boshlanishidan oldin pedagog o‘quvchilaming tayyorgarlik darajasini tekshiradi 
(nazorat savollarini beradi, uy vazifalarining bajarilishini tekshiradi, aniqlangan 
kamchiliklami bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi). Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan 
tajriba ishlariga alohida e'tibor qaratmoq lozim. Tajriba mashg‘ulotlarida talabalar 
nazariya’ni amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ilmiy-tekshirish 
ishlarini o‘tkazish malakasini oladilar, eksperimental apparatura bilan ishlash 
malakasini egallaydilar, kuzatuvchanlik, aniqlik kabi xislatlari rivojlanadi.
Tajriba ishlarini tashkil etishda talabalarning mustaqil ishlashlariga e'tibor 
berish lozim. Ular tajriba ishlarini bajarish rejalari bilan tanish bolishlari va albatta 
shu rejada ko‘rsatilgan adabiyotlarga asosan unga tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. 
Tajriba ishlari samaradorligini oshirish uchun har bir ishga metodik ko‘rsatmalar 
tayyorlash va unda ish bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va asbob- 
uskunalar, qisqacha ish bajarish tartibi, asbob-uskunalar sxemalari va rasmlari va 
shu kabilar bayon etilishi va bajarilgan ishlar natijalarini kiritish uchun ishchi 
daftar (metodika ta'rifi, hisob usullari, xulosalar va b.) yuritilishi tavsiya etiladi. 
Har bir tajriba ishni bajarishdan oldin pedagog o‘quvchilami nazariy tayyorgarlik 
darajasini tekshiradi, ishni bajarish metodikasini aniqlashtiradi, so‘ngra ishning 
bajarilishini nazorat qiladi, maslahatlar beradi va har bir o‘quvchining ishini 
baholaydi. 



Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o‘zlashtirishda ilg‘or qurilish 
ob'ektlari va to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil 
etish katta ahamiyatga ega. Ekskursiya jarayonida talabalar to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqarish texnologiyalari va ularni real ob'ektlarda betonlar uchun qo’lash, sifat 
nazorati, mehnat muhofazasi bilan tanishadilar. Har bir ekskursiyadan oldin 
o‘qituvchi talabalarni ekskursiya ob'ekti bilan tanishtiradi va undan ko‘zlangan 
maqsadni tushuntiradi. Ekskursiya o‘tkazilgandan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida 
so‘rovnoma o‘tkazadi, hisobotlarini tah\lil etadi va savollarga javob beradi. 
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar 
turli to‘ldiravchilar bilan tanishadilar, ulaming xomashyosi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, xossalari, qo‘llash sohalarini o‘rganadilar. Bu ish talabalardan 
ko‘plab ma'lumotlarni eslab qolishlarini talab etadi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu 
xaqda guvohlik beradiki, yangi bilimlar berishni nazariy darsning 20 daqiqasida 
amalga oshirish, keyin esa bahs- munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa 
shu kabi interfaol metodlarni amalga oshirib, ta'lim oluvchilarning bilimlarini 
mustahkamlash mumkin. Shuningdek, mashg‘ulotlarda o‘qitishning texnik 
vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalaming mustaqil ishlarni bajarishlarini (referatlar, kurs ishi va b.) 
muntazam nazorat qilish ularning fanni o‘zlashtirishlarini muhim metodik 
elementidir. Nazoratning so‘ngi bosqichi yakuniy nazoratdir. Pedagoglar yakuniy 
nazorat qanday tartibda o‘tkazilishi (og‘zaki, test, yoki yozma), savolnomalarni 
oldindan ma lum qilish tavsiya etiladi. 
Toldiruvchilar haqida umumiy ma’lumotlar: to’ldiruvchilar - bu ma’lum 
zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy materiallar bo‘lib, bog‘lovchilar va 
suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va 
temir-beton konstruksiyalarning 30....50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ulami 
o‘rganish, to’ldiruvchikarni to‘g‘ri tanlash, ularni meyorida ishlab chiqarish va 
qo‘llash xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Betonning asosiy bogiovchi faol 
qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va 
qotib qattiq xolatga o‘tishi va betonga aylanish xususiyati ega. 
Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi fani mayda va yirik to‘ldiruvchilar, beton 
to‘ldiruvchilarning turlari, klassifikatsiyasi, shuningdek beton to‘ldiruvchilar 
texnologiyasi va beton to‘ldiruvchilar asosida yengil betonlar tayyorlash bo‘yicha 
talabalarga nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat. 
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun 
samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab 
qilinadi.
Respublikamizda temirbeton konstruksiyalarini g‘ovak to‘ldiruvchilar 
asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura 
qurilish instituti professori L.M.Botvina va uning shogirdlari tomonidan 
Respublika xom ashyo bazasi asosida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar (keramporit, 
barxan qumlari asosida olinadigan yengil to‘ldiruvchilar, kamporit, karboporit va 
boshqalar)ni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun'iy g‘ovak 
to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarini 


10 
olish dolzarb vazifadir. Bular ma'lum miqdorda binolarni yengillashtirish 
masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement 
miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko‘ndalang kesimini kamayishiga va 
ularning oralig‘ini uzaytirishga olib keladi[2]. 

Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RESPUBLIKASIDA TO‘LDIRUVCHILARNI TUTGAN O‘RNI. BETON

Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish