-MA’RUZA: BETON XUSUSIYATIGA TO‘LDIRUVCHILARNING




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

5-MA’RUZA: BETON XUSUSIYATIGA TO‘LDIRUVCHILARNING 
TA’SIRI 
Betonda yirik va mayda to'ldiruvchilar qo'llaniladi. Donalari 5 mm dan 
kattaroq yirik to'ldiruvchilarni shag'al va chaqilgan tosh turlariga ajratiladi. 
Betondagi mayda to'ldiruvchilar tabiiy va sun'iy qum hisoblanadi. Chaqilgan 
toshni tog' jinslarini maydalash orqali olinadi. Qurilishda aksariyat oxaktosh va 
granitdan olingan chaqilgan toshlar ishlatiladi. Shag'al sirti tekis va shamolda 


18 
nuragan tog' jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli 
yiriklikdagi shag'al-qum aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g'ovakli tog' 
jinslaridan olingan tabiiy chaqilgan tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko'p 
hollarda mahsus sun'iy tayyorlangan to'ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, 
shlakli pemzasi va boshqalar). 
Qum o'zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog' jinslarining 
shamol ta'sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning 
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dalashpatli va oxaktoshlilari 
uchraydi. Ba'zan qumni tog' jinslarini mahsus maydalash yo'li bilan olinadi. Biroq 
bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus 
maqsadlardagina qo'llaniladi. 
To'ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq 
muddatga chidamliligiga va narxiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. 
To'ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho 
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan 
tashqari, to'ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori 
mustahkamlikdagi to'ldiruvchili baquvvat skelet ma'lum darajada betonning 
mustahkamligini va deformasiyalanish modulini ko'taradi – konstruksiyalarning 
bosim 
ta'sirida 
deformasiyalanishini 
kamaytiradi, 
shuningdek 
betonning 
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta'sir ko'rsatish natijasida 
yuzaga kelishi mukin bo'lgan qaytmas deformasiyalardan saqlaydi. To'ldiruvchi 
betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni 
olish imkonini beradi. Sement toshining qotish jarayonidagi cho'kishi 1-2 mm/m ni 
tashkil etadi. Notekis cho'kish deformasiyalari sababli ichki zo'riqishlar va xatto 
mikroyoriqlar yuzaga keladi. To'ldiruvchi cho'kish deformasiyasi zo'riqishini qabul 
qiladi va sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho'kishni kamaytiradi. 
G'ovak tabiiy va sun'iy to'ldiruvchilar kam zichlikka ega bo'lib, engil 
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini 
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan 


19 
himoyalash va boshqalar) to'ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning 
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi. 

Download 2,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA: BETON XUSUSIYATIGA TO‘LDIRUVCHILARNING

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish