-MA’RUZA: MAYDA VA YIRIK TO‘LDIRUVCHILAR UCHUN




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

6-MA’RUZA: MAYDA VA YIRIK TO‘LDIRUVCHILAR UCHUN 
QO‘LLANADIGAN TOG‘ JINSLARI 
‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasini zich tabiiy tog‘ 
jinslari asosidagi toshlar tashkil etadi. Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari 3ta 
sinfga bo‘linadi: otqindi, cho‘kindi va metomorfik[3].
Otqindi tog‘ jinslari- erigan magmaning qotishidan yuzaga keladi. Ularning
tarkibi va xususiyati magmaning qotish sharoitidan kelib chiqadi. Ichki (intruziv)
otqindi jinslar magmaning sekin qotishidan yuzaga keladi va donador-kristal 
tarkibga ega bo‘ladi. Tashqi (effuziv) otqindi jinslar magmaning tashqi yuzada 
juda tez qotishidan yuzaga keladi, bunda kristallanishi to‘liq sodir bo‘lmaydi va 
shishasimon yopiq kristalli tarkibga ega bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra otqindi tog‘ jinslari bo‘linadi:
1.Nordon (SiO
2
-65% ko‘p)
2.O‘rta (SiO
2
-55-65%)
3Asosiy (SiO
2
-55% dan kam)
Nordon otqindi tog‘ jinslariga donador kristall tarkibli ichki tog‘ jinsi 
granitlar kiradi. Tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallar quyidagilar: dala shpati 
(asosan ortoklaz K
2
O·Al
2
O
3
·6SiO
2
)- 70% gacha; kvars (kristall kremnezem- 
SiO
2
)–20% dan ko‘p; slyudalar (muskovit, biotit) va boshqalar – 5%gacha.
Granit otqindi tog‘ jinsi sifatida to‘ldiruvchilar olishda eng ko‘p ishlatiladi. 
Granitning zichligi 2600-2700kg/m

ni tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 0,5% dan 
oshmaydi. Siqilishga mustahkamligi 100MPa dan yuqori, ba'zan 200-250MPa ga 
yetadi. Rangi qizg‘ish yoki kulrang.
O‘rta otqindi tog‘ jinslariga ichki jinslar (diorit, sienit) va tashqi (andezit, 
traxit) jinslar misol bo‘ladi. Andezit va traxit ishqorlar bilan aktiv bog‘lanadi, shu 
sababli ularni sementli betonlarda qo‘llash chegaralangan.
Andezit va traxit kislotaga bardoshli to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Diorit va sienit esa granitdan tarkibida kvars yo‘qligi bilan ajralib turadi.
Diorit va sienit tabiatda kam uchraydi. Diorit to‘q yashil tusga ega, sienit esa 
yorqin yashil ranga ega. Dioritning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 250MPa 
gacha, sienitniki esa 180MPa gacha bo‘ladi.
Asosiy otqindi tog‘ jinslariga ichki yuzaga kelgan tog‘ jinslari gabbro va 
tashqi bazalt va diabaz kiradi. Bu tog‘ jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga 
mustaxkamligi – 300-500MPa) va yuqori zichligi (3000kg/m

dan yuqori) bilan 
ajralib turadi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari mavjud tog‘ jinslarining tabiatda buzilishidan yuzaga 
keladi. Ya'ni suv, shamol, harorat o‘zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy 
yemirilishlar natijasida paydo bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va 
shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 


20 
Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan qumlarga 
aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga kvars- 
dalashpati qumi deyiladi.
Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib 
chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. Shu narsa ma'lumki, oqimning 
tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir joydan 
ikkinchi joyga oqizishi mumkin. Shu sababli suv oqimi qum va shag‘alni bir 
joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi.
Shamol ta'sirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning 
betonlarda qo‘llash chegaralangan. Chunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, donalari 
o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini yomonlashtiradi.
To‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni karbonatli cho‘kindi jinslar-
ohaktosh va dolomitlar egallaydi. Ohaktoshlarning asosiy mineral tashkil 
qiluvchisi bu kalsit SaSO

hisoblanadi. Kristall ohaktoshlarning zichligi-2700kg/m

va siqilishga mustahkamligi 200MPa gacha bo‘ladi.
Oxaktoshlar portlandsement toshidagi ishqorli muxitga chidamli bo‘lib, 
betonda u bilan yaxshi bog‘lanadi va och kulrang yoki sariq ranga ega.
Dolomitning asosiy mineral tashkil etuvchisi esa SaSO
3
· MgSO
3
.Bu tog‘ 
jinsi xam o‘ta zich va mstahkam bo‘lishi mumkin.
Metamorfik tog‘ jinslari otqindi yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini yerning chuqur 
qismida yuqori bosim va xarorat ta'sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi. Metamorfik 
tog‘ jinslaridan to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda gneyslar ishlatiladi. Gneyslar 
granitdan qavatma qavat joylashuvi bilan farq qiladi. Marmarlar esa 
ohaktoshlarning perekristallizatsiyasi jarayonida yuzaga keladi, kalsit kristallaridan 
iborat bo‘ladi. Mustahkamlik chegarasi yuqori (300MPa gacha) bo‘ladi, tabiatda 
turli ranglarda uchraydi, maydalashda qirrali yuzali donalar olinadi va beton 
uchun og‘ir to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
O‘zbekistonda beton uchun to‘ldiruvchilar olishda yaroqli tog‘ jinslarining 
tabiiy xom ashyo ba'zasi katta miqdorda mavjud bo‘lib, ularning barchasidan hali 
to‘liq foydalanilgani yo‘q. Tabiiy zahirani qayta ishlashda ekologik muhitni 
xisobga olish kerak. Qayta ishlovdan so‘ng o‘sha yer landshaftini qayta 
tiklashning maksimal yo‘llarini izlash kerak bo‘ladi.
Beton tayyorlashda alohida miqdorlangan holda shag‘alning quyidagi 
fraksiyalari ishlatiladi: 5-10; 10-20; 20-40 va 40-70 mm. Bundan tashqari shag‘al 
fraksiyasi 3-10 mm, gidrotexnik betonlar uchun esa 40 - 80 va 80 – 120 mm 
qo‘llash standart bo‘yicha ruxsat etiladi. Bundan tashqari, shag‘alning ikki 
fraksiyali aralashmasi ham ishlatiladi, masalan 5 – 20 mm [2].
A
Download 2,95 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA: MAYDA VA YIRIK TO‘LDIRUVCHILAR UCHUN

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish