• Shag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi 3-jadval Ko‘rsatkichla r nomlanishi Shag‘alning markasi
  • 2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    , % massa bo‘yicha
    0,5% 


    21 
     
     
    Dkichik ,5 (Dkichik+Dkatta) Dkatta 1,25Dkatta 
    4.4-rasm. Shag‘al(chaqiq tosh)ning donadorlik tarkibining grafigi: tekis 
    chiziqlar bitta fraksiyali to‘ldiruvchilar uchun; uzuq-yuluq chiziq – 5(3)-20 
    mm fraksiyali aralashma uchun.
    Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan chegarada 
    bo‘lishi kerak. Ba'zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan, 
    shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan 
    oshmasligi kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton 
    tarkibida eng katta ruxsat etilgan shag‘al donalari miqdori umumiy fraksiya 
    massasi bo‘yicha 5% dan oshmasligi kerak. Shag‘alning mustahkamligini baholash 
    po‘lat silindrda maydalanishga sinash orqali bajariladi. Standartga ko‘ra 
    maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini siqilishdagi 
    mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (4.3-jadval) taxminiy quyidagi markalari 
    nazarda tutiladi. 
    Shag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi
    3-jadval
    Ko‘rsatkichla
    r nomlanishi 
    Shag‘alning markasi 
    Dr- 8 
    Dr-12 
    Dr-16 
    Dr-24 
    Maydalanish 
    ko‘rsatkichi,%
    Siqilishga 
    mustahkamlik 
    chegarasi, MPa
    8 gacha
    100dan ko‘p
    8 – 12
    80 - 100
    12 – 16
    60 - 80
    16 – 24
    40 - 60
    Shag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak:
    Dr8 - siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi
    Dr12 - siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda; Dr16 - 
    siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi.
    Chunonchi shag‘al donalari turli tog‘ jinslarining nurashidan yuzaga kelgan 
    va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli emas ekan, yuqorida keltirilgan mustahkamlik 
    chegarasi intervalini o‘rtacha ko‘rsatkichlar deb qabul qilinadi.


    22 
    Qo‘shimcha standartlarda shag‘al tarkibida bo‘sh jinslar chegaralanadi. Bo‘sh 
    jinslarda suvda sug‘orilgan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi 20 MPa dan 
    kichik tog‘ jinslariga aytiladi.
    Shag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va 
    donalar mustahkamligini bolg‘a bilan yengil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina 
    (otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina 
    yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar sirtida chiziq qoldiradi
    mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi.
    Shag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy 
    massadagi ulushi aniqlanadi(%):
    %
    100
    т
    т
    Х
    буш
    бўш

    ,
    (21) 
    Bu yerda: m
    bo‘sh
    - bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg 
    m- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg 
    Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator 
    qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. Shag‘alda 
    bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10% gacha va Dr24 
    markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi.
    O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va 
    shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: 
    Dr8siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun; 
    Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar 
    uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan kichik betonlar 
    uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya 
    etilmaydi.
    Berilgan mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar olishda 
    shag‘alni qo‘llashda, mustahkamlik chegarasi 30MPa va undan yuqori betonlar 
    uchun silliq yuzali shag‘alni qo‘llash uchun betonda dastlabki sinov ishlarini 
    o‘tkazish talab etiladi.
    Bardoshlikka hisoblanuvchi transport inshootlarida betonga shag‘al ishlatish 
    mumkin emas. Bunday chegaralash boshqa buyum va konstruksiyalarda ham 
    nazarda tutiladi.
    Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning 
    bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan 
    oshmasligi kerak. Bu talab, asosan bunday donalar beton korishmasining 
    joylashuvchanligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi hisobiga kuyiladi.
    Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar miqdori 
    1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25% 
    dan oshmasligi kerak.
    Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik 
    qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda 
    mavjud ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam 
    taaluqlidir.


    23 
    Kremnezemning amorf turlari shag‘alda qumga
    nisbatan ko‘p uchraydi. 
    Ayniqsa, kremniy, opoka va qum-tuproq asosidagi shag‘al donalariga katta 
    ahamiyat beriladi, chunki ularda opal va xalsedon singari betonga salbiy ta'sir 
    ko‘rsatuvchi minerallar bo‘ladi.

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish