-MA’RUZA: MAXALLIY XOM-ASHYO ASOSIDA OLINGAN




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/145
Sana21.12.2023
Hajmi2.95 Mb.
#125770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK
Qurilish korxonalarining, Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiyaviy ishlarni-fayllar.org, Ayollar va erkaklar pidjagini modellashtirish-fayllar.org, 0e6b4b1b-1672-4809-9ba9-09b20c880146, Ismailiov Alisher Fayziyevich
4-MA’RUZA: MAXALLIY XOM-ASHYO ASOSIDA OLINGAN
YENGIL G‘OVAK TO‘LDIRUVCHILAR 
Reja: 
1.Mahalliy xom-ashyo asosida olingan yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar 
2. O‘zbekistondagi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 
va ularning hajmlari 
O‘rta Osiyo mintaqasida industrial qurilishni keng taraqqiyoti uchun mahalliy 
xomashyo resurslari asosida yangi sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur. 
Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida ham qurilish industriyasida zarur 
bo‘lgan tabiiy va sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo 
bisyordir. Ya'ni, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining xomashyo 


17 
bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 526 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv ishlari 
bajarilmoqda, shu jumladan, 27ta sement, 200ta g‘isht, 14ta keramzit xomashyosi, 
75ta qum-shag‘alli materiallar, 44 ta qurilishbop toshlar, 25ta oxak ishlab chiqarish 
uchun, 25ta beton va silikat buyumlar ishlab chiqarish, 11ta gips va ganch, 3ta 
mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5ta shisha xomashyosi va x.k.
Aniqlangan konlarning umumiy sonidan 236 tasi sanoat o‘zlashtirilishiga jalb 
qilingan, shulardan 114 tasi “O‘zqurilishmateriallar” AK balansidadir. 
Bugungi kunda Respublikamizda qum-shag‘al materiallari Xorazm viloyati 
va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda mavjud bo‘lib, 
jami 75 ta konlarni tashkil qiladi. Ulardan 52 tasida 491,6 mln.t. zahiralar 
o‘zlashtirilgan, 2009 yilda qum, shag‘al ishlab chiqaruvchi 4 ta korxona tashkil 
qilindi: “Risming Star”MChJ (yiliga 15,6 ming m
3
, Qashqadaryo vil.), “Xoji 
Abdurashid ishlab chiqarish va ta'minot” XK (yiliga 40 ming m
3
, Qashqadaryo 
vil.), “Bek Mada qurilish” XK (yiliga 35ming m
3
., Toshkent vil.), “Fayz-S” XK 
(yiliga 20 ming m
3
., Samarqand vil.). 
O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalari 
to‘g‘risidagi ma'lumot jadval-5.1da keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sun'iy 
g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 64,3 mln. m
3
hajmda 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasida 
2ta korxonada 14,3 mln. m
3
, Navoida 1,3 mln. m
3
, Qashqadaryoda 2ta korxona – 
17,8 mln. m
3
, Surxondaryo viloyatida 1ta 26,2 mln. m
3
, Samarqand viloyatida 1ta 
korxona 3,7 mln. m
3
va Farg‘ona viloyati1ta korxona 1 mln. m
3
keramzit ishlab 
chiqariladi. 
Ob'ektlar qurilishida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining 
qo‘llanilishini a'lohida ta'kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi 
kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash 
yo‘lga qo‘yildi.
Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik 
o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi 
beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan 
vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga 
kamaytiradi.

Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA: MAXALLIY XOM-ASHYO ASOSIDA OLINGAN

Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish