16
Asosan, qumning eng kichik o‘lchami 0,07 mm va undan kichikni tashkil
etadi. O‘lchamlari 0,002-0,06 mm gacha bo‘lgan donalar changni tashkil etadi,
undan xam kichik o‘lchamdagi materialga gil deb ataladi. Suglinok bu yumshoq
tog‘ jinsi bo‘lib, taxminan bir xil miqdordagi qum, chan va gildan tashkil topadi.
Dastlab to‘ldiruvchilarning barcha donalari tog‘ jinslari asosida, aloxida
bo‘laklar va donalar shaklida yoki shamol ta'sirida tabiiy holatda, hamda
maydalash orqali sun'iy ravishda olingan BS 812: 103.1: 1985 (2000) i BS812:
103.2 (2000) [1].
Shu sababli ham to‘ldiruvchilarning xususiyatlari to‘liq u olingan tog‘
jinsining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan kimyoviy-mineralogik tarkibi,
petrografik xarakteristikasi, solishtirma og‘irligi, qattiqligi, mustahkamligi, fizik-
kimyoviy chidamligi, g‘ovakligi, rangi va boshqalar. Boshqa tarafdan
to‘ldiruvchilarning bir qancha xususiyatlari ishlatiladigan tog‘ jinslarining
xususiyatlari bilan aniqlanmaydi, faqat to‘ldiruvchining donalari shakli va dona
o‘lchamlari, yuzasi teksturasi, absorbsion (suvshimuvchanligi) xususiyatlari bilan
aniqlanadi. Bu barcha xususiyatlar yangi quyilgan va qotgan betonning sifatiga
keskin ta'sir etadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, to‘ldiruvchilarning xususiyatlari bevosita tadqiqot
ishlari orqali aniqlanadi, yaxshi to‘ldiruvchini xususiyatlarini aniqlash qiyinlik
tug‘diradi, natijada betonning ma'lum sharoitda ekspluatatsiyasida uning
xususiyatlariga keskin ta'sir ko‘rsatadi. To‘ldiruvchi xususiyatlarini bevosita
betonda o‘rganish zarur bo‘lib, ba'zan to‘ldiruvchining xususiyatlari talab
darajasida bo‘lmasa ham beton tarkibida yaxshi rol o‘ynaydi. Masalan, tog‘ jinsi
asosida olingan namunalar sovuqqa chidamlilik bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba salbiy
natijalarni beradi, biroq to‘ldiruvchi beton tarkibida bo‘lganda bu holat
kuzatilmaydi, ayniqsa to‘ldiruvchi beton toshida to‘liq bekilgan bo‘lsa va kichik
o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, bu namoyon bo‘ladi.
Biroq to‘ldiruvchining bitta yaxshi xususiyati orqali sifatli beton tayyorlab
bo‘lmaydi. Shunda qilib to‘ldiruvchilar xususiyatlarini tadqiq etish orqali uni beton
uchun qo‘llash mumkin yoki yo‘qligi aniqlanadi.