-MA’RUZA: CHAQIQ TOSH ISHLAB CHIQARISH




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/145
Sana21.12.2023
Hajmi2.95 Mb.
#125770
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK
Qurilish korxonalarining, Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiyaviy ishlarni-fayllar.org, Ayollar va erkaklar pidjagini modellashtirish-fayllar.org, 0e6b4b1b-1672-4809-9ba9-09b20c880146, Ismailiov Alisher Fayziyevich
8-MA’RUZA: CHAQIQ TOSH ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI. ISHLAB CHIQARISH VA BOYITISH. CHAQIQ 
TOSH UCHUN TEXNIK TALABLAR. SHAG‘AL ASOSIDAGI 
CHAQIQTOSH. SHAG‘AL, CHAQIQ TOSH VA QUM OLISHNING 
TEXNOLOGIK SXEMALARI 
Chaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalash asosida olinadi. Chaqiq tosh yuqori 
mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. U 
shag‘aldan qimmat, biroq O‘zbekistonda chaqiq tosh ishlab chiqarish
hajmi shag‘aldan bir necha bor ortadi. Bu shu bilan tushuntiriladi: shag‘al 
Respublikamizning 
barcha 
tumanlarida 
ham 
uchramaydi 
va 
yuqori 
mustahkamlikdagi beton olish uchun ishlatib bo‘lmaydi. Chaqiq tosh olishda 
asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari- 
granit, gabro, diabaz, bazalt va karbonat cho‘kindi jinslari ohaktosh va 
dolomitlar ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik tog‘ jinslari kam 
ishlatiladi. Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m3 dan katta tog‘ jinslarini 
maydalashda olingan shag‘alga mos keladi.
 


30 
Ishlab chiqarish va boyitish
Chaqiq tosh ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlarni qamrab 
oladi: toshni qazib olish, maydalash va navlarga ajratish (elash). Toshlarni qazib 
olish asosan konlarda bajariladi.
Tog‘ jinslari konlarini qayta ishlash ochish ishlaridan boshlanadi, bunda 
o‘simlik qavati va qum – gilli jinslarni texnik vositalar bilan olib tashlanadi. 
Ochish ishlari tarkibiga yuqori zonalardagi yaroqsiz toshlarni olib tashlash ham 
kiradi. Bu ishlar portlatish bilan bajarilib toshlar maxsus chuqurlarga to‘kiladi.
Tosh massivini olib tashlab va tog‘ yonbag‘irlariga keng maydon 
ochilgandan so‘ng maxsus parmalovchi mashinalar va stanoklarda tog‘ massivida 
diametri 250 mm gacha, chuqurligi 10-20 m gacha bo‘lgan, bir qator yoki shaxmat 
tartibida 2-3 qator qilib har 4-7 m da skvajinalar ochiladi, ularga portlovchi 
moddalar (ammonit, trotil va boshqa) joylashtiriladi va bir vaqtning o‘zida 
portlatish ishlari bajariladi(xavfli xududdan odamlar va texnika vositalari 
chiqariladi).
Portlatish natijasida tog‘ yonbag‘ridagi ochilgan maydon turli yiriklikdagi 
toshlar, bo‘laklar bilan to‘ladi. Yirik bo‘laklar ikkinchi marta qayta portlatiladi va 
jinslar cho‘mich sig‘imi 2-4 m
3
bo‘lgan ekskavatorda qayta ishlanadi.
Toshning ruxsat etilgan eng katta o‘lchami ekskavator cho‘michi sig‘imi –ye 
ga bog‘liq:
a ≤ 0,8 

ye
Masalan, ekskavator cho‘michi sig‘imi -4 m

bo‘lsa, u holda karerdagi 
toshning o‘lchami-1,27 m
ga yetishi mumkin. Toshlar ekskavator yordamida 
transport vositalariga (katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallarda) 
yuklanadi va maydalash-navlarga ajratish korxonalariga yetkaziladi.
Ko‘p holllarda toshni dastlabki maydalash konlarda bajariladi va maydalash 
– navlarga ajratish korxonalariga yirik holda emas, balki kerakli o‘lchamda 
keltiriladi.
Maydalash – navlarga ajratish korxonalarining asosiy uskunalari bu 
maydalagichlar, katta ko‘zli g‘alvirlar, lentali konveyrlar, ta'minlovchilar, 
transportyorlar hisoblanadi. Asosan titratuvchi va giratsion katta ko‘zli g‘alvirlar 
ishlatiladi. Yirik toshlar uchun qo‘zg‘almas kolosnikli g‘alvirlar ham qo‘llaniladi.
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipiga ko‘ra jag‘li, konusli, 
valkli, bolg‘ali va boshqa turlarga bo‘linadi. Toshlarni yirik va o‘rtacha 
maydalashda jag‘li maydalagichlar keng ishlatiladi (6.2-rasm,a). Qo‘zg‘aluvchan 
va qo‘zg‘almas jag‘lar orasiga tushuvchi toshlar, jag‘larni yopilishida 
maydalanadi. 


31 

Download 2.95 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish