• .4-rasm. Qumni ochiq holatda qazib olish: 1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon.
  • -MA’RUZA: QUM ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    7-MA’RUZA: QUM ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. 
    DONADORLIK TARKIBI. TABIIY QUMNI QAZIB OLISH. MAYDALASH 
    CHIQINDILARI ASOSIDAGI QUM. 
    Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli 
    aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. Qum konlari kelib chiqish sharoitiga 
    qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan 
    turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni 
    qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit va transport yo‘llaridan tepada joylashgan 
    bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq qum uchraydi. Tekislik konlarida qum yer 
    yuzasidan pastda va ba'zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu 
    konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, 
    kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki qumni olish uchun suv 
    bilan to‘ldiriladi. Suvli konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv 
    stidan olinadi. Shunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda 
    ishlab chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi 
    qumlar zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati 
    deyiladi va uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini 
    ifodalaydi. Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali 
    qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun 
    bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba'zan katta 
    hajmdagi ochishda ekskovatorlarda huqurlarga jo‘natish bajariladi. Konlarda 
    ochish ishlari bajarilgandan so‘ng, transport yo‘llari va shlash pog‘onalari hosil 
    qilishda transheyalar yotqiziladi (4.4-rasm). 
    .4-rasm. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
    1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan 
    maydon. 
     


    24 
    Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U 
    bevosita ekskavator ho‘michi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta 
    qatlamda mavjud bo‘lsa, u holda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib 
    olish avatining eni ekskavator cho‘michi radiusiga bog‘liq holda 1,2-1,3m ni 
    tashkil etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, 
    skreperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli 
    ekskavatorlar 
    (cho‘mich 
    sig‘imi 
    0,25-15m3) 
    qo‘llaniladi. 
    Bunday 
    ekskavatorlarning cho‘michi balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni 
    tashkil etadi. To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki 
    maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. Ekskavator–
    draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning cho‘michi katta 
    belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan 
    joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida ishlaydi. 
    Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi.
    Zanjirli ko‘p kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to‘xtovsiz 
    harakatlanuvchi cho‘michlardan iborat. Cho‘michlarni bo‘shatish lentali 
    transporterga tashlash bilan bajariladi. Cho‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin 
    zanjirda ularning soni 40 donagacha yetadi. Shu sababli ularning to‘xtovsiz 
    harakatida yuqori mahsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli 
    burchaklarda joylashgan bo‘lishi mumkin, ya'ni ekskavator turgan joy darajasida 
    va ish pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. 
    Agar qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, 
    donalari yirikligi bilan farq qilsa, u holda ko‘p cho‘michli ekskavatorda qazib 
    olishda qumning donadorlik tarkibi mo‘tadillashtiriladi, bu esa ijobiy faktor 
    hisoblanadi. Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘p cho‘michli rotorli ekskavatorlar 
    ham ishlatiladi, ularning ichki organlariga o‘q yaqinida aylanuvchi rotorli 
    cho‘michlar osilgan xalqa kiradi. Cho‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida 
    joylashgan lentali transportyorga yuklanadi va bunker, transport vositalari yoki 
    maxsus chuqurlarga uzatiladi. Rotorli ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat 
    ishlash oson kechadi. 
    Ko‘p cho‘michli ekskavatorning bir cho‘michlidan afzallik tomoni: qazish 
    ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil to‘ldirish, 1t massa 
    uchun ishlab chiqarishning katta mahsuldorligi, energiyaning kam solishtirma 
    sarfi. Qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta 
    bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va bir jinsliligini sistematik nazorat qilinadi. 
    Sifati past qum uchastkalari qayta ishlanmaydi yoki maxsus chuqurlarga to‘kiladi. 
    Qum koni uchun asosiy transport turi tirkamali va yarim tirkamali 
    avtosomosvallar va avtotyagachlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektromotorli 
    samosval-trolleyvozlar, o‘zi to‘kar tirkamali traktorlar, temir-yo‘l transportlari 
    (motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar vagonlar va platformalar), kanatli osma 
    yo‘llar kiradi. Ko‘p hollarda lentali transportyorlardan iborat to‘xtovsiz 
    harakatlanuvchi konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli 
    ekskavatorlar bilan birga qo‘llash o‘ta samarali hisoblanadi. Konveyr transportini 
    ishlatish 
    ekskavatorlar 
    ishlashini 
    uzluksizligini 
    ta'minlaydi, 
    ularning 


    25 
    mahsuldorligini 35-50% ga oshiradi, boshqarish va ishlab chiqarishni 
    avtomatlashtirish imkonini beradi. Olingan qumning tannarxini va kapital 
    harajatlarni pasaytiradi. 
    Kon ichida va undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyr transportidan 
    foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni 
    qazib olish ekskavator-draglaynlarda, kanatli skreyperlarda amalga oshiriladi va 
    eng samaralisi bu gidromexanizatsiyalashgan qazib olish hisoblanadi. Suv ostidagi 
    qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq so‘ruvchi snaryadlar 
    keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma'lum vaziyatga troslar, langarlar 
    va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonda tuproq so‘ruvchi 
    markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi 
    uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va 
    bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli 
    aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi yordamida 
    yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani 
    qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi.
    Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidagi maxsus ombor maydonchasida 
    yig‘iladi, u yerdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni 
    chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash, boyitish va fraksiyalash ishlari 
    bajariladi. Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa 
    suv havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv 
    yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda 
    bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor 
    nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan 
    uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. 
    Tog‘ konlari sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustahkam tog‘ 
    jinslarini buzish xususiyatiga ham ega. Qumni olishda suvning 0,3-0,5MPa bosimi 
    yetarli bo‘ladi. Maxsus chuqurlikka suv-qumli aralashma o‘z og‘irligida 
    harakatlanadi, agar qiyalik yoki tuproq so‘ruvchi bo‘lsa trubalar yordamida 
    uzatiladi. 4.2.3. Maydalash chiqindilari asosidagi qum Beton uchun yaroqli qum 
    tog‘ jinslarini maydalash orqali ham olish mumkin, ayniqsa talabga javob 
    bermaydigan tabiiy qum mavjud tumanlarda ko‘p ishlab chiqariladi. Maydalash 
    chiqindilari asosidagi qum olishda otqindi, metamorfik yoki zich tog‘ jinslari, 
    hamda shag‘al ishlatiladi.
    Dastlabki tog‘ jinslari suvda saqlagan holda mustahkamligi bo‘yicha 
    maydalash chiqindilari asosidagi qum to‘rtta markaga bo‘linadi (tog‘ jinsi 
    mustahkamligi chegarasi 100, 80, 60 va 40 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak). 
    Otqindi va metamorfik tog‘ jinslarining mustahkamlik chegarasi 60MPa dan kam 
    bo‘lmasligi, cho‘kindi tog‘ jinslari esa 40MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. 
    Dastlabki tog‘ jinslarining mustahkamligidan tashqari ularning tarkibi xam 
    muhimdir. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki maydalangan qum donalarining shakli 
    ikkita faktorlarga bog‘liq: maydalangan jinslar strukturasiga va maydalash usuliga. 
    Eng yaxshi qum mayda va o‘rta donadorlikdagi tog‘ jinslarini maydalashda 
    olinadi. Bunday qumning donalari yuzasi mikrorelefining balandligi 170-190 mkm 


    26 
    ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan bog‘lanishini ta'minlaydi. Yirik 
    donadorli, yopiq kristall va shishasimon jinslarni maydalashda plastinkasimon va 
    ninasimon shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi mikrorelefi kichik 
    balandlikka ega. Bundan tashqari, yirik donadorli yarim mineralli tarkibli tog‘ 
    jinslari (masalan, granit)ni maydalash orqali monomineral tarkibli (kvars, dala 
    shpati, slyuda) qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog‘lanishi bilan 
    farq qiladi. Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalash uskunalariga bog‘liq. 
    Shu narsa aniqlanganli jinslarni siqish prinsipi asosida ishlaydigan maydalash 
    uskunalari (jag‘li, konusli, valkli)da ko‘p miqdorda plastinkasimon va ninasimon 
    shakldagi qum donalari olinadi, zarb ta'sirli maydalagichlarda esa (bolg‘ali)-
    nisbatan kam olinadi. O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik 
    shartlar” talabiga ko‘ra qum donalari shakli kubga yaqin bo‘lsa, u holda uning 
    bo‘shliqligi ham kichik bo‘ladi, o‘z navbatida betonda sement sarfi ham kamayadi.
    Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan talablar 
    qo‘yiladi. Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari 
    va boshqa salbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u holda qum olishda 
    maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz mahsulot sifatida chiqadi.
    Qum tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri 
    kam, shu sababli standartga ko‘ra chang 1-3% gacha ruxsat etiladi. Maydalangan 
    qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning mustahkamligi 
    tabiiy kvars qum asosidagi betonga nisbatan yuqori bo‘lib, nafaqat siqilishga balki 
    cho‘zilishga ham yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa chidamliligi va boshqa 
    xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq hozirgi vaqtda tosh maydalash 
    chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya'ni tosh chaqiq toshi 
    ishlab chiqarishda bu massa katta hajmda chiqadi. Bu sanoat chiqindilaridan tosh 
    kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish ) natijasida beton uchun sifatli 
    qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari asosida va boyitishda olingan qum 
    O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”da nazarda tutilgan.

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA: QUM ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish