27
Qumning shishish darajasi qumda mavjud bo‘ladigan namning foiziga, hamda
qumning o‘rtacha yirikligiga bog‘liq bo‘ladi. Qum hajmining suvga shimdirilgan
va yuza-quruq qum bilan birgalikdagi
hajmiga nisbatan ortishi, qumning
namligining 5-8%
gacha ortishida yuzaga keladi, bu holatda hajmning maksimal
ortishi 20-30% ni tashkil etadi.
Qumning keyinchalik namligini ortib borishi
natijasida suv qobiqlarini
birlashtiradi va donalar orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi. Qumning to‘liq suv bilan
shimiganida uning hajmi quruq qum hajmiga teng bo‘ladi. Rasm-3.6 da keltirilgan
grafik bo‘yicha mayda qum yirik qumga nisbatan hajmini keskin oshiradi, hamda
o‘ta yuqori namlikda maksimal shishiga olib keladi. O‘ta mayda qum 10%
namligida 40% gacha shishadi. Bunday qum istalgan maqsadlar bo‘yicha ham
sifatli beton ishlab chiqarish uchun yaroqsiz hisoblanadi.