Metallurgiya shlaki. Yoqilg‘i shlaki. Kul va kulshlakli aralashmalar




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

Metallurgiya shlaki. Yoqilg‘i shlaki. Kul va kulshlakli aralashmalar 
Metallurgiya shlaki 
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna 
shlaklari tashlanadi. Ya'ni po‘lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t shlak 
chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p 
miqdorda shlak chiqadi. Shu sababli shlaklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. 
Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
Metallurgiya shlaklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan 
mahsulot narxiga ham tasir etadi, ya'ni shlaklarni olib kelish, chiqindi omborlariga 
ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining kimyoviy tarkibi 
turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo‘ladi: SaO - 3O-
50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari. 
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha shlaklarning ikki turi mavjud: 
SaO+MgO 
1 . Asosiy, asosiy modul -M
0
=─────── >1; 
SiO
2
+Al
2
O

2 . Nordon , M
0
<1
Domna shlaki sement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola va 
quyma buyumlar olishda ishlatiladi. Asosan shlakning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar 
ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Domna shlaklari asosidagi chaqiq toshning silindrda maydalanish 
ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi: Dr45- mustahkamlik chegarasi 
20MPa dan past betonlar uchun; Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa 
betonlar uchun; Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun; Dr15- 
mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi. 


38 
Domna shlaklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori 
mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan 
hududlarda shlakli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan 
arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi.
Biroq shlaklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani yemirilishiga olib 
kelishi mumkin. 
Shu sababli shlakli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali 
konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak, agarda 
otingugurt 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun 
ishlatiladigan betonlar ustida tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Shlakli chaqiq toshning uyma zichligi og‘ir beton uchun 1000 kg/m
3
dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi 
to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Granullangan shlaklar- suyuq qizib turgan metallurgiya shlaklarini suv 
yordamida qayta ishlashda olinadi. Bunda shlak eritmasini tez sovitishda va uni 
granulyasiya va maydalashda alohida mayda donalar olinadi. Donalar strukturasi- 
amorf va shishasimon bo‘ladi.
Granullangan shlaklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi: 
uning donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan donalari 
umumiy tarkibda 50%ni tashkil etadi. Yirik donalar (10mm) ham oz miqdorda 
bo‘lsada uchraydi. 
Granullangan shlaklarning uyma zichligi 600 - 1200kg/m

atrofida bo‘ladi. 
Buni shu narsa bilan tushuntirish mumkinki, shlak eritmasining xususiyatlari va 
granulyasiya texnologiyasiga bog‘liq holda zich yoki g‘ovak granullangan shlak 
olish mumkin.
Granullangan shlaklarning donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60-
70% gacha tashkil etadi. 
Granullangan shlaklarning donalari asosan shlakoportlandsement ishlab 
chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 

Download 2,95 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallurgiya shlaki. Yoqilg‘i shlaki. Kul va kulshlakli aralashmalar

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish