Yoqilg‘i shlaki
Eski chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash
natijasida beton uchun yaroqli chaqiq tosh ishlab chiqariladi. Chiqindi
omborlaridagi shlaklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir
jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi.
Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. Shu sababli tanlagan holda eski
chiqindi omborlarini ochish va olingan chaqiq toshni boyitish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Toshko‘mir, antratsit va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni yoqishdan so‘ng shlak
qoladi. Ularda qazib olingan ko‘mirlar tarkibida uchraydigan qo‘shimchalar va
jinslar, minerallar mavjud bo‘ladi.
Shlaklar bo‘lakli yoqilg‘ini va maydalangan, changsimon yoqilg‘ilarni
yoqishda olinganligi bilan farqlanadi.
Bo‘lakli yoqilg‘ilarni yoqishda olingan shlaklar. Pechlarning kolosnikli
panjarasida bo‘lakli yoqilg‘ilarni qavatlar bo‘yicha yoqishda shlak hosil bo‘ladi, u
39
notekis shakldagi bo‘laklar holatida, qora, to‘q-kulrang va ba'zan kulrang ranglarda
50mm gacha bo‘lgan yiriklikda bo‘ladi.
Chiqayotgan shlak yoqilgan yoqilg‘ining 10% va undan ortiq massasini
tashkil etadi. Ko‘p joylarda yoqilg‘i shlaklari ishlatish uchun yetarli miqdorda
yig‘iladi.
Tarkibi bo‘yicha yoqilg‘i shlaklari bir jinsli bo‘lmaydi. Shlak tarkibini
yonmagan yoki to‘liq yonmagan yoqilg‘i, gilli qo‘shimchalar tashkil etadi. Shu
sababli bunday shlaklar hamma vaqt ham mustahkam va chidamli bo‘lavermaydi.
Bu nuqtai nazardan antratsitni yoqishdan olingan shlak yaxshi hisoblanadi.
Yoqilg‘i shlaklarining uyma zichligi -1000 kg/m
3
gacha va dona zichligi 1,5-
2 g/sm
3
ni tashkil etadi.
Yoqilg‘i shlaklari to‘ldiruvchi sifatida turli konstruksiyalar uchun
mo‘ljallangan betonlarda ishlatiladi: shlakobetonli devor bloklarida, kamqavatli
monolit devorlarda, gipsobetonli pardevorlarda, plitalarda va boshqalarda.
Yoqilg‘i shlaklarini qo‘llash chegaralangan arzon mahalliy material sifatida
ishlatish mumkin.
Betonlarda ishlatiladigan shlakning tarkibida erkin kalsiy yoki magniy
oksidlari bo‘lmasligi kerak. Yonmagan yoqilg‘i miqdori 5-10% dan oshmasligi
kerak( faqat antratsit shlaklarida ko‘p bo‘lishiga standartda ko‘zda tutilgan).
Shlak tarkibida oltingugurt bog‘lanishlar sement toshi va armaturalarda
yemirilishni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha shlak nurashga layoqatli
bo‘ladi.
Maxsus chuqurlarga ko‘milgan shlaklar eng kamida bir yil turishi kerak va
so‘ngra betonda qo‘llash mumkin. Olingan shlak mayda fraksiyalari bo‘yicha
boyitiladi, bunda yoqilg‘i qoldiqlari va boshqa zararli qo‘shimchalardan halos
etiladi.
Changsimon
yoqilg‘ilarni
yoqishda
olingan
shlaklar.
Issiqlik
elektrostansiyasi pechlarida tuyilgan ko‘mirlar yoqiladi. Bunda kul bilan birgalikda
bo‘lakli shlak(chiqindilarning umumiy hajmining 5-20% dan iborat) hosil bo‘ladi.
Changsimon ko‘mirni yoqishda chiqadigan shlak bo‘lakli ko‘mirni yoqishda
chiqadigan shlakdan keskin farq qiladi. Ular kuygan va erigan kulning o‘ta yengil
eruvchan qismini tashkil etadi.
Ko‘p holatlarda kichik g‘ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm
3
dan katta donalardan iborat bo‘ladi. Toshko‘mir va past navli ko‘mirni aralashtirib
yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm
3
bo‘lgan g‘ovak
shlaklar hosil bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan chiqadigan shlaklardan
mustahkamligi 5-50 MPa bo‘lgan betonlar olish mumkin.
O‘zRST 690-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-toshqol aralashmasi”
ga ko‘ra beton va yoqilg‘i turidan kelib chiqib shlaklar tarkibida to‘la yonmagan
qo‘shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo‘qotilishi asosida aniqlanganda) 3-7%
dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari sovuqqa chidamliligi, silikat nurashga
bardoshliligi ham tajribada sinaladi. Shlak tarkibida oltingugurt va oltinugurt
bog‘lamalari, erkin kalsiy oksidi ham chegaralanadi.
|