43
konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyati ortadi; egiluvchan konstruksiyalarda
kerakli yuk ko‘tarish qobiliyatini saqlagan holda armatura sarfi iqtisod qilinadi va
boshqa.
O‘rtacha beton zichligining 10% kamayishi konstruksiya tannarxini 3%
arzonlashtiradi. Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlarning zichligi 17001800
kg/m
3
ular oddiy og‘ir betonlarga nisbatan 25-30% yengil bo‘ladi. Yuqori
mustahkamlikdagi yengil betonlarni barcha turdagi g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida
olish mumkin.
Masalan, devor panellari ishlab chiqarishda keramzitni qo‘llash yoki
konstruksion betonlarda agloporitni qo‘llash yaxshi samara beradi.
Keramzit
mustahkamligini oshirish uchun ko‘pchish koeffitsientini
kamaytirish kerak, faqat uning tannarxi o‘zgaradi. Agar uyma zichligi 400 kg/m
3
bo‘lgan 1 m
3
keramzit shag‘alining tannarxini 100% deb qabul qilsak, u holda
uyma zichlik 300 kg/m
3
bo‘lgan 1 m
3
keramzit shag‘alining tannarxi taxminan
20% ga kamayadi, agar uyma zichlik 500 kg/m
3
bo‘lgan 1 m
3
keramzit
shag‘alining tannarxi taxminan 20% ga ortadi, uyma zichlik 700 kg/m
3
bo‘lgan 1
m
3
keramzit shag‘alining tannarxi ikki barobar ortadi.
Keramzit qanchalik og‘ir bo‘lsa, u shunchalik qimmatga tushadi. Buni shu
bilan tushuntirish mumkunki, bir xil sarf xarajatda ishlab chiqarilgan mahsulotning
hajmi ko‘pchish koeffitsientidan ham kichik bo‘lsa, u holda mahsulotning hajmi
kamligi sababli 1m
3
ga sarflangan harajat ham katta bo‘ladi.
Keramzit va boshqa sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ko‘pchitish orqali ishlab
chiqarishda, boyitishda, xomashyoni qayta ishlash, qo‘shimchalar kiritish kabi sarf
xarajatlarni oqlaydi, qachonki bu barcha ishlar ko‘pchish koeffitsientini oshirsa.
Sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning tannarxini korxonaning ishlab chiqarish
quvvatini oshirish orqali kamaytirish mumkin.
G‘ovak to‘ldiruvchilarni tashishdagi qiyinchiliklarni mahalliy sharoitdan
(temir-yo‘l yoki avtotransport, tariflar va boshqa) kelib chiqib o‘rganish kerak
bo‘ladi. Ko‘pincha uzoq masofadan tayyor mahsulot emas, balki xomashyoni
keltirish samarali hisoblanadi. Bu asosan o‘ta yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun
taaluqlidir. Masalan, 1m
3
perlit yoki vermikulit tog‘ jinslarini ko‘pchitishda 10
yoki 20 m
3
to‘ldiruvchi chiqadi, shu sababli xomashyoni ishlatish joyiga olib
kelish va ko‘pchitish arzonga tushadi.