Keramzit ishlab chiqarish xaqidagi umumiy tushunchalar




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

2. Keramzit ishlab chiqarish xaqidagi umumiy tushunchalar  Sun'iy 
g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish takomillashgani bilan bir qatorda keramzit 
shag‘alini ishlab chiqarishni rivojlantirishga bir tomonlama yondashilmoqda. Ya'ni 
konditsion gilli xomashyolar taqchil bo‘lib, yuqorida keltirilgani kabi yaxshi 
ko‘pchiydigan xomashyoni qo‘llash keramzit olishda harajatlarni oqlaydi.
Keramzit olishda katta yoqilg‘i sarfi kuzatiladi, yoqilg‘ining aylanma 
pechlarda ishlatish koeffitsienti esa 30% dan ortmaydi. Aylanma pechdan 
chiqadigan issiqlikni xom granulalarni quritishda ishlatish ham ko‘pincha bu 
muammoni yechmaydi. Keramzit va boshqa g‘ovak to‘ldiruvchilarni olishda 
sanoat chiqindilari kam ishlatiladi.


44 
Shu sababli sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish strukturasini sanoat 
chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli xomashyolardan olinadigan agloporit, shlakli 
pemza va boshqa to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish orqali yaxshilash mumkin.
Sanoat chiqindilaridan unumli foydalanishda quyidagilarga erishiladi: sanoat 
chiqindilaridan foydalanmaslik ularni tashlash, chuqurlarga ko‘mishda katta 
xarajatlarga olib keladi; maxsus chuqurlarga ko‘mishda atrof muhitga zarar 
yetkaziladi; to‘ldiruvchilar olishda tabiiy xomashyo zahirasi chegaralangan; yangi 
konlarni o‘zlashtirish qo‘shimcha sarf-xarajatlarni talab etadi; sanoat chiqindilari 
tabiiy xomashyoga nisbatan arzon; ko‘pincha ularni minimal qayta ishlash orqali 
to‘ldiruvchi olish mumkin; sanoat chiqindilari bazasida olinadigan g‘ovak 
to‘ldiruvchilar iqtisodiy samarali hisoblanadi.
Barcha sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ichida eng arzoni bu shlakli pemza 
hisoblanadi. O‘rtacha uning tannarxi keramzit tannarxiga nisbatan 5 marta kam 
bo‘ladi.
Shlakli pemza olishda qizib turgan suyuq holatdagi domna pechlari shlaklari 
ishlatiladi. Natijada asosiy metallurgiya mahsuloti - cho‘yan va po‘latning tannarxi 
arzonlashadi.
Gilli jinslardan olinadigan agloporit uchun xomashyoni qazib olish va 
keltirishdagi sarf xarajatlar mahsulot tannarxining 20% ni tashkil etadi. 
Qo‘llanadigan ko‘mir ham taxminan shunchani tashkil qiladi. Shu sababli agloporit 
ishlab chiqarishda xomashyo sifatida yoqilg‘i tarkibli sanoat chiqindilari (ko‘mir 
qazib olish va boyitish, issiqlik elektrostansiya kullari) dan foydalanish 
to‘ldiruvchi tannarxini pasaytiradi va agloporit ishlab chiqarish va ishlatishda 
texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Barcha to‘ldiruvchilarning sifatini yaxshilash va turli betonlarda ratsional 
qo‘llash orqali beton va temir-beton konstruksiyalar tannarxi pasayadi va sifatini 
oshirishga erishiladi.
Issiqlikni izolyasiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil 
yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
ishlatib samarali yengil betonlar olish imkonini beradi.
Og‘ir to‘ldiruvchilarni yengil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida 
betonning xususiyatlarini kerakli darajada o‘zgartirish, zichligini kamaytirish, 
issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Shuningdek ayrim 
g‘ovak to‘ldiruvchilarning yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi 
konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi[4].
Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi chegaralanganligi 
sababli sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. Shu sababli 
O‘zbekistonning turli rayonlarida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar(keramzit, agloporit 
va boshqa) ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor 
joylarda 
va unga talab bo‘lgan rayonlarda quriladi. Sun'iy g‘ovak 
to‘ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan 
keltiriladigan 
to‘ldiruvchilarga 
nisbatan 
arzonroqdir. 
Sun'iy 
g‘ovak 


45 
to‘ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng 
qo‘llaniladi.
  Keramzit qumi turli donadorlik tarkibiga ega gilli jinslarni kuydirishda 
ko‘pchishidan olinadi. Kuydirishni jadallashtirish uchun mayda donadorli 
fraksiyaga issiqlik ishlovi qaynovchi qatlamda bajariladi. Xomashyo turidan kelib 
chiqib, uni tayyorlashning yarim quruq yoki plastik usuli qo‘llaniladi.
Yarim quruq usulida xomashyo uvoqlari zanjirli pardali quritish barabanida 
jinslarni quritish va bolg‘ali maydalagichda tuyish, so‘ngra 5 mm ko‘zli elakdan 
o‘tkazib olinadi.
Plastik usulida granulalarni tayyorlash keramzit shag‘ali kabi amalga 
oshiriladi. Olingan granulalar 10-12% namlikgacha quritiladi, maydalanadi va 
5mm ko‘zli elakdan o‘tkaziladi.
Keramzitbeton asosida buyum ishlab chiqarishda faqat keramzit shag‘ali emas, 
balki mayda g‘ovak to‘ldiruvchi-keramzit qumi ham zarurdir. Keramzit qumini 
aylanma pechda ishlab chiqarish yaxshi samara bermaydi. Keramzit shag‘ali ishlab 
chiqarishda issiqlik ishlov berish jarayonida bo‘laklarning buzilishida qumli 
fraksiya chiqadi, biroq bu donalar nisbatan og‘ir bo‘lib, gilli xomashyoning mayda 
bo‘laklari amalda ko‘pchimaydi, ya'ni gilning piroplastik xolatga o‘tishigacha gaz 
ajralishi erta boshlanadi. Bundan tashqari yuqori harorat zonasida mayda donalar 
yirik donalarga nisbatan tezroq qiziydi, natijada ular erib shag‘al donalariga 
yopishib qolish ehtimoli oshadi.
Keramzit shag‘ali ishlab chiqarish korxonalarida keramzit qumi valkli 
maydalagichda keramzit shag‘alini maydalashdan olinadi.
Bunday maydalab olingan keramzit qumining tannarxi maydalash ishlaridagi 
qo‘shimcha sarflar hisobiga ortadi, bunda olinadigan qum maydalangan shag‘al 
hajmiga nisbatan kam bo‘ladi.
Qumning chiqish koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashkil etib, o‘rtacha 1m
3
keramzit 
shag‘alini maydalashda 0,5 m
3
keramzit qumi olinadi. Bu holatda qumning uyma 
zichligi ikki barobar oshadi.
Hozirgi vaqtda keramzit qumi olishning eng samarali texnologiyasi bu 
qaynovchi qatlam pechida kuydirish hisoblanadi. Vertikal pechga quritilgan 
gillarni maydalash natijasida yoki plastik usulda maxsus tayyorlanib so‘ngra 
quritilgan yirikligi 3 yoki 5 mm gacha bo‘lgan gilli donalar solinadi.
Pech (7.1-rasm) ikkita zonadan iborat: issitish va kuydirish zonalari bo‘lib, ular 
bir-biridan pardevor bilan ajratilgan. Pechning pastki panjarali qismi bo‘ylab 
bosim ostida havo va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘i uzatiladi. Ma'lum tezlikdagi 
gazlarni uzatishda gilli donalar bo‘sh qavati qaynash holatiga o‘tadi. Gaz 
ko‘rinishidagi yoqilg‘i bevosita qaynovchi qatlamda yonadi. Qaynovchi qatlamda 
issiqlik almashuvini boshqarish orqali material tez va bir tekis qiziydi. Gil 
bo‘laklari o‘rtacha 1,5 minut kuydiriladi va ko‘pchiydi.


46 

Download 2,95 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Keramzit ishlab chiqarish xaqidagi umumiy tushunchalar

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish