• 13-MA’RUZA: AGLOPORIT ISHLAB CHIQARISH Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    1.Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi
    Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:

    xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga 
    jo‘natish;

    xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik 
    massaga ega xom granulalarni tayyorlash;

    xom granulalarga termik ishlov berish, ya'ni isitish, kuydirish va 
    sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;

    olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha 
    taqsimlash; - g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash.
    Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli 
    ekskavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, 
    toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil 
    saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi[4].
    Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib 
    chiqiladi, g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga 
    bog‘liq. Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi 
    mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker).


    50 
    Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar
    gilsimon slanslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, xomashyo 
    mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab 
    juda mayda donalar elab olinadi va o‘ta yirik bo‘laklar esa qo‘shimcha 
    maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jinsli bo‘lsa, xavfli qo‘shimchalar 
    bo‘lmasa va yuqori ko‘pchish koeffitsientiga ega bo‘lsagina o‘zini oqlaydi. Xom 
    donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak.
    13-MA’RUZA: AGLOPORIT ISHLAB CHIQARISH 
    Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi
    Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim 
    tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 
    5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me'yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning 
    massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u holda gil 
    aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi. 
    Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli 
    granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada (10.2-rasm) 
    pishiriladi. Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa 
    chidamli po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr 
    temir-yo‘l bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi.
    Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200300mm 
    qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz 
    ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 1000
    0
    S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra 
    vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom 
    granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.
    Chiqqan korj bir jinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muhiti temir 
    oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza 
    qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muhit, kuydirishdan past harorat) kichik 
    mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam yuzaga 
    keladi. Shu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim 
    maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj 
    maydalagich yordamida ajratiladi, bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi 
    pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga 
    qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz 
    o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi/ 
    Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu 
    bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini 
    yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat 
    chiqindilari ishlatiladi.


    51 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish