54
bo‘shatish va uni keyingi siklga tayyorlash 15-20 minutni tashkil etadi. Olingan
shlakli pemzaning hajmi 25m
3
gacha tashkil etadi. Shlak eritmasining
g‘ovaklashtirish rejimini uning tarkibini o‘zgarishiga
qarab tartibga solish
mumkin.
Xandaq-sachratish usuli o‘ta sodda hisoblanadi. Shlak eritmasi xandaqqa
tushishidan oldin olovga bardoshli qoplamali trubadan uzatilayotgan suv ta'siriga
uchraydi, ko‘pchiydi va handaq tubiga yig‘iladi. Sovigan shlak ekskavatorda qayta
ishlanib maydalashga uzatiladi va undan so‘ng elanib fraksiyalarga ajratiladi.
Biroq bu usulda shlakli pemza ishlab chiqarish istiqbolli emas, chunki
olingan mahsulotning sifati past va strukturasi bir jinsli bo‘lmaydi.