64
Qo‘yilgan talablarning barchasiga javob beradigan betonni olish uchun beton
tarkibini to‘g‘ri loyihalash, beton qorishmasini yoyish va zichlashtirishda tegishli
tayyorlov ishlarini to‘g‘ri olib borish va uning boshlang‘ich qotish davrida to‘g‘ri
tutib turish zarur bo‘ladi.
Agar konstruksiya turi va xususiyatiga bog‘liq holda beton turi va xususiyati
talab etilsa, beton qorishmaga bo‘ladigan talab tayyorlanadigan konstruksiya
sharoitiga, texnologik xususiyatiga (armaturalashning zichligi, qolip shaklining
murakkabligi) va qo‘llanadigan jihozlarga qarab aniqlanadi.
Beton va temir-beton va konstruksiyalar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, olinadigan materialning sifatini oldindan bilib bo‘lmaydi. Betonga
qo‘yilgan talablar asosidagi zaruriy xususiyatlarini konstruksiyani qurish
jarayonida namoyon qiladi. Bunda, materialni to‘g‘ri tanlash, qabul qilingan
texnologiya bo‘yicha konstruksiyaning tayyorlanishi uchun beton tarkibi loyihasini
to‘g‘ri tashkil etish, texnologik tartibga rioya qilish, jarayonlar bo‘yicha ishlab
chiqarishni nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Betonlar sun'iy tosh konglomerat (ko‘p jinsli tabiiy tosh) turqumiga kiradi. Bu
turqum kompozitsion materiallar turiga mansub bo‘lganligi sababli turli betonlar
uchun tegishli bo‘lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir qatorda umumiy
qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi.
Beton soxasida olib borilayotgan zamonaviy texnologik va texnik-iqtisodiy
hisoblashlar betonning tarkibi va tuzilishini uning xususiyatlari bilan o‘zaro
bog‘liqligiga asoslanadi. Bu bog‘liqliklar betonning fizikaviy-kimyoviy tabiatini,
aksariyat ko‘proq tajribaviy usulda olingan tabiatini hisobga oladi.
Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab ko‘riladi va zarurat bo‘lganda aniq
hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma'lum vaqt o‘tishi va
ekspluatatsiya jarayonida uning xususiyati sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.
Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi qoliplashini boshqaruvchi
qonuniyatlar tabiatini chuqur o‘rganish uni turli maqsadlardagi qurilish
konstruksiyalaridan samarali hamda unumli foydalanishni ta'minlashi mumkin