60
pemza va boshqalar) yoki ko‘p hollarda mahsus sun'iy tayyorlangan
to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar).
Qum o‘zida uvalangan mayda
zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining
shamol ta'sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari
uchraydi. Ba'zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi.
Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus
maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 80%
hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq
muddatga chidamliligiga va narxiga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi.
Bundan
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma'lum darajada betonning
mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko‘taradi – konstruksiyalarning
bosim ta'sirida deformatsiyalanishini
kamaytiradi, shuningdek betonning
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta'sir ko‘rsatish natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi.
To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat
chidaydigan materialni olish imkonini beradi.
Sement toshining qotish
jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis cho‘kish
deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi.
To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va sement toshiga
nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, yengil
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik
tutuvchanlik xususiyatini
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta,
chunki ularning
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari o‘ziga xos
muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi modda bilan
ta'sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning
mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.