2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

G‘ovakli to'Idiruvchilar. Yengil g‘ovakli to’ldiruvchilar, joyida qazib 
olinadigan (tabiiy) yoki mahalliy xomashyodan sun'iy olinadigan, olib kelinadigan 
ogir to’ldiruvchilardan arzon bo’lishi mumkin. Ularni, qo’llash iqtisodiy 
samaralidir. 
G'ovakli to'ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar tashqi devorlar qurish uchun 
mo‘ljallangan bo’lsa, ularning iqtisodiy samaradorligini issiqlikdan himoya 
xossalarini hisobga olgan holda 1m
2
devor narxidan kelib chiqib hisoblanadi. 


71 
Qoida bo’yicha to’ldiruvchi, qanchalik yengil bo’lsa, yengil beton issiqlik 
o'tkazuvchanligi kam bo’ladi va devor qalinligi kichik va arzon bo‘ladi. 
Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarnmg konstruksion betonlarda g‘ovakli 
to‘ldiruvchilarni ishlatish samaradorligi hisoblashda quyidagi omillar hisobga 
olinadi. 
Konstruksiyalarnmg massasini kamayishi quyidagicha iqtisodiy samara beradi: 
- transport xarajatlari kamayadi; 
- yig‘ma konstruksiyalar montaji uchun sarflar kamayadi
- yig‘ma elementlarni yiriklashuvi; 
- pastki konstruksiyalarga tushadigan yuklamalar kamayadi, 
- egiluvchan konstruksiyalarda, yuk ko’taruvchi qobilyatini saqlagan holda 
armatura po‘lat sarfi kamayadi va b. 
Beton zichligini 10% ga kamayishi konstruksiyalar narxini taxminan 3% ga 
pasayishiga olib keladi. 
Yuqori mustahkam yengil betonlar zichligi 700... 1800 kg/m
3
, ular oddiy og‘ir 
betonga nisbatan 25...30% ga yengil. 
Yengil betonlar uchun ishlatiladigan keramzitnmg mustahkamligini ko‘pchish 
koeffitsientini kamaytirib erishish mumkm biroq bunda uning tannarxi o‘zgaradi. 
To‘kma zichligi 400 kg/m3 bo’lgan keramzit shag‘alini tannarxini 100% qilib 
qabul qilsak, to’kma zichligi, 300 kg/m
3
bo‘lganda tannarxi taxminan 20% ga 
kamayadi, 500 kg/m
3
da 20 % ga oshadi, 600 kg/m
3
da 40% ga, 700 k/m

da 
taxminan 2 marotabaga oshadi. 
Keramzit qanchalik og‘ir bo‘lsa tannarxi shunchalik oshadi. Buni quyidagicha 
izohlash mumkin: ishlab chiqarishdagi bir xil sarflarda, ko‘pchish koeffitsienti 
qanchalik kam bo‘lsa olinadigan mahsulot hajmi ham shunchalik kam bo’ladi, 
demak olinadigan mahsulot hajmi kamayishi, uning tannarhini oshishiga olib 
keladi. 
Ko‘pchish yo’li bilan olinadigan keramzit va boshqa g‘ovakli 
to‘ldiruvchilarning ko‘pchish koeffitsientini oshirish maqsadida, ularni boyitishga, 
xomashyoga qo‘shimcha ishlov berishga va boshqa texnologik usullarga ketadigan 
sarflar o‘zini oqlaydi. 
Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar tannarxini, ularni ishlab chiqaradigan 
korxonalar quvvatini oshirib kamaytirish mumkin. 
Shuning uchun, yengil g‘ovakli to‘ Idiruvchilar (shlakli pemza, agloporit va b.) 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun sanoat chiqindilardan keng 
foydalanish zarur. 

Download 2,95 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish