69
bo’lib, donalarining sirti g’adir-budirligi bilan farqlanadi. Bu esa uning sement
xamiri bilan mustahkam birikishiga imkon beradi. Tarkibida zararli organik
aralashmalar kam bo’ladi. Shu sababli chaqiq toshlar sinfi V 30 dan katta bo’lgan
yuqori mustahkam betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Yirik to’ldiruvchilarning sifati donalar tarkibi, donalarining shakli va zararli
aralashmalarning miqdori bilan tavsiflanadi. Otqindi tog’ jinslaridan olingan
chaqiq toshdagi aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va sinfi V 25 va
undan yuqori bo’lgan betonlar uchun bu miqdor 1 % ni, pastroq sinfdagi
(mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2 % miqdorda bo’lishiga ruxsat etiladi.
Cho’kindi jinslardan olingan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori
2...3 % dan, shag’alda esa 1 % ko’p bo’lmasligi, kerak.