78
edi, biroq shu narsa ma'lum bo‘ldiki mayda va yirik to‘ldiruvchilar orasida
ratsional nisbatni qabul qilish orqali bitta yoki bir qancha sinfdagi to‘ldiruvchilar
orqali sifatli beton olish mumkin[1].
1973 yilda BS882 bo‘yicha mayda to‘ldiruvchilarning klassifikatsiyasiga
o‘zgartirish kiritildi, bu standart orqali donadorlik tarkibning to‘rtta oblasti
kiritildi.
To‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar jadvallarda
keltirilgan. Istalgan mayda to‘liruvchi beton tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi,
qachonki uning donadorlik tarkibi to‘rtta oblastdan birida to‘liq yotsa. Barcha
Britaniya nazorat elaklaridan o‘tgan to‘ldiruvchilarning miqdori bo‘yicha 5% ga
chetlashishga ruxsat etiladi, faqat №25 elak bundan mustasno.
Biroq to‘ldiruvchi eng kichik mayda to‘ldiruvchining (egri chiziq-4
chegarasida) yoki eng yirik to‘ldiruvchining (egri chiziq-1 chegarasida)donadorlik
tarkibi chegarasida joylashmasligi lozim. Faqat maydalangan qum uchun ruxsat
beriladi, bunda Britaniya nazorat elagi №100 dan 20% materialning barcha to‘rrta
oblastdan o‘tishiga ruxsat etiladi.
Mayda to‘ldiruvchining donadorlik tarkibiga AQSh meloratsiya byurosi
bo‘yicha qo‘yiladigan talablar 12.7-jadvalda keltirilgan. Shuni ta'kidlash lozimki,
o‘zida havoni oluvchi betonlarda eng mayda to‘ldiruvchilar donalariga kam
miqdorda ruxsat etiladi. Chunki betondagi havo o‘ta mayda to‘ldiruvchilarga
analogik holda ta'sir ko‘rsatadi.