79
Britaniya nazorat elagiga ekvivalent
№ yoki elak ko‘zining o‘lchami, mm
Elakda qolgan ayrim qoldiq, %
4,77
0-5
№7
5-15 yoki 5-20
№14
10-25 yoki 10-20
№25
10-30
№52
15-35
№100
12-20
№100 dan kichik
3-7
BS 882:1992 standartida to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibga bo‘linishi
Britaniya nazorat standarti №25 dan o‘tgan donalarning
protsent miqdoriga
asoslanadi, bu 12.9-jadvalda keltirilgan. Buning asosiy sababi qumning katta qismi
tabiiy holatda shu o‘lchamlarga mos holatda bo‘lingan bo‘ladi. Bu donadorlik
tarkibdagi eng katta va eng kichik o‘lchamli donalar barcha to‘rtta
oblastda xam
taxminan o‘zgarmas bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘ta
mayda donalarning tarkibda
mavjudligi beton qorishmasining qulay joylashuvchanligiga ta'sir ko‘rsatadi.
Ushbu to‘rtta oblastdan birida yotuvchi donadorlik tarkibiga ega bo‘lgan
qumni beton uchun ishlatish mumkin, biroq ma'lum
sharoitda bu qumning
yaroqligi yirik to‘ldiruvchi donasi shakli va donadorlik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
4 oblastga mansub bo‘lgan mada to‘ldiruvchilarning yaroqliligi agar uni
temir-betonda
ishlatilsa, u holda qo‘shimcha eksperimental yo‘l bilan tekshirish
lozim bo‘ladi. Chunki bunday qumlarning asosiy qismi
Britaniya nazorat elagi
№25 ko‘zi o‘lchamidan kichik bo‘ladi, uning donadorlik tarkibi ham bir qancha
fraksiyalardan tashkil topadi. Shu sababli ham
bunday qum asosida beton
tayyorlashda katta ahamiyat berish lozim.
Beton qorishmasida qum yirik to‘ldiruvchiga nisbatan kam miqdorda
kiritiladi. Mayda to‘ldiruvchining yirik to‘ldiruvchiga nisbati 12.9-jadvalda
keltirilgan. Biroq shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, 4
oblastda yotuvchi qumni
qo‘llagan holda vibro zichlash yordamida ham yetarli sifatli beton olish mumkin.