77
Barxan qumi asosida olinadigan g‘ovak to‘ldiruvchiga asosiy xomashyo sifati
Qoraqolpog‘iston Respublikasida Taxiatash, Qiziljar va To‘rtko‘l konlaridagi
barxan qumlaridir. Plastiklovchi qo‘shimcha sifatida Qoraqolpog‘iston
Respublikasida Beshtepa konida joylashgan bentonit loylaridan foydalanilgan.
yengil g‘ovak to‘ldiruvchi olinishi uchun 60-70% barxan qumi 20-30% Beshtepa
loyi plastiklovchi bog‘lovchi sifatida va g‘ovak hosil qilish uchun 5-10% Angren
ko‘miri ishlatiladi. Zarrachalarni qizdirib qovushtirish texnologiyasi keramzitni
olish texnologiyasi bilan bir xil.
12.5-
jadval
№
Ko‘rsatkich
Qizdirish darajasi 1180-1200
0
S
1.
Zichligi, kg/m
3
710-810
2
Mustahkamligi, MPa
1,1-2,3
3
Suv shimuvchanligi,(%) :
1 soatdan keyin 48 s.dan
keyin
17-29
21-24,9
4
To‘ldiruvchi markasi
750-800
Barxan qumlari asosida yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishni quyidagi
texnologiya asosida tashkil qilish mumkin. Bentonit loyi va ko‘mir tasmali
transportyorda maydalab yanchiydigan bo‘limga jo‘natiladi. Kelayotgan loy
maydalanadi. Ko‘mirni ham bolg‘ali maydalagichdan o‘tkaziladi. Kerakli
bo‘laklardan tarozi tarelkalari orqali komponentlar namlab, aralashtirgichga
berilib, teshikli bulg‘alagichga jo‘natiladi[2].
Hosil bo‘lgan donachalar kuydirish uchun aylanma pechlarga uzatiladi. 1180-1200
0
S 30 minut davomida ular pishiriladi va sovutgichlar orqali tayyorlash mahsulotlar
bunkeriga yuboriladi.