• To’ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish.
  • -MA’RUZA: SANOAT CHIQINDILARINI QO‘LLASH. MAXSUS




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    6-MA’RUZA: SANOAT CHIQINDILARINI QO‘LLASH. MAXSUS 
    TO‘LDIRUVCHILAR 
     
    G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda sanoat chiqindilardan 
    foydalanish. Turli sanoat chiqindilardan to’ldiruvchi sifatida maksimal darajada 
    foydalanish darslikning 6 -bobida asoslangan. 
    Sanoat chiqindilardan foydalanish samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
    - sanoat chiqindilarni saqlash uchun katta maydon talab etiladi, ularni saqlash 
    va bartaraf etish uchun katta mablag’lar sarflanadi; 
    - sanoat chiqindilari atrof muhitga katta zarar yetkazadi; 
    - to‘ldiruvchlar olish uchun tabiiy resurslar zahirasi chegaralangan; 
    - sanoat chiqindilari tabiiy xomashyodan arzon; 
    - ko‘pincha sanoat chiqindilarni ishlov bermasdan yoki kam ishlov berib 
    qo‘llash mumkin; 
    - sanoat chiqindilari asosida sun’iy g‘ovak to‘Idiruvchilar ishlab chiqarish 
    iqtisodiy samaralidir. 
    Barcha sun’iy g‘ovak to‘Idiruvchilar ichida shlakli pemza eng arzonidir, uning 
    tannarhi keramzitga nisbatan, 5 barobar kamdir. Shlakli pemza ishlab chiqarishda 
    xomashyo sifatida domna shlaki ishlatiladi. 
    Gilli jinslardan olinadigan agloporit uchun xomashyoni qazib olish va 
    tashishdagi sarf-xarajatlar mahsulot tannarxining 20% ni tashkil etadi. 
    Qo’llanadigan ko‘mir ham taxminan shunchani tashkil qiladi. Shu sababli agloporit 
    ishlab chiqarishda xomashyo sifatida yoqilg‘i tarkibli sanoat chiqindilari (ko‘mir 
    qazib olish va boyitish, issiqlik elektrostansiya kullari) dan foydalanish 
    to’ldiruvchi tannarxini pasaytiradi va agloporit ishlab chiqarish va ishlatishda 
    texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. 


    76 
    To’ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish. To’ldiruvchilarni fraksiyalash va 
    boyitish quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
    - yuvish; 
    - zarraviy tarkibi bo‘yicha klassifikatsiyalash
    - zichligi bo‘yicha klassifikatsiyalash; 
    - mustahkamligi bo‘yicha klassifikatsiyalash. 
    Bu jarayonlar to’ldiruvchilarni ishlab chiqarishda qo‘shimcha sarflarga olib 
    keladi, biroq ular sement sarfini kamaytiradi, beton bir jinsligini va 
    mustahkamligini oshiradi.
    Yuvilgan qum nafaqat beton sifatini oshiradi, balki sement sarfini kamaytiradi, 
    chunki changsimon va gilli zararli qo‘shimchalar beton sifatini kamaytiradi va 
    betonni talabdagi mustahkamligini olish uchun sement sarfini oshirishni talab 
    etadi. 
    Beton uchun sifatsiz to’ldiruvchi ishlatilganda sement sarfi oshadi. Misol 
    uchun beton qorishmasining kerakli yoyiluvchanligi va mustahkamligi bo‘yicha 
    betonni talabdagi markasini olish uchun qum-shag‘al aralashmalari ishlatilganda 
    sement sarfi 100 kg oshadi. 
    Yana bir misol keltiramiz, sun’iy g‘ovakli to’ldiruvchi to‘kma zichligi 
    400...600 kg/ m
    3
    . Seperator yordamida ularni yengil (400...500 kg/ m
    3
    ) va 
    zichliroq (500...600 kg/ m
    3
    ) ga ajratilsa, birinchisini tashqi devorlar uchun, 
    ikkinchisini orayopmalar uchun ishlatilsa, devoi qalinligini 5 sm ga kamaytirish, 
    orayopmaning 1 m
    3
    betonida 100 kg m
    3
    ga yaqin sementni tejash mumkin bo’ladi.
    To ldiruvchilaming sifatini yaxshilash va turli vazifani bajaruvchi betonlarda 
    ratsional qo‘llash, beton va temir-beton konstruksiyalar tannarxini pasayashini va 
    sifatini oshirishni ta’minlaydi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA: SANOAT CHIQINDILARINI QO‘LLASH. MAXSUS

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish