72
- sanoat chiqindilari tabiiy xomashyodan arzon;
- ko‘pincha sanoat chiqindilarni ishlov bermasdan yoki kam ishlov berib
qo‘llash mumkin;
- sanoat chiqindilari asosida sun’iy g‘ovak to‘Idiruvchilar ishlab chiqarish
iqtisodiy samaralidir.
Barcha sun’iy g‘ovak to‘Idiruvchilar ichida shlakli pemza eng arzonidir, uning
tannarhi keramzitga nisbatan, 5 barobar kamdir. Shlakli pemza ishlab chiqarishda
xomashyo sifatida domna shlaki ishlatiladi.
Gilli jinslardan olinadigan agloporit uchun xomashyoni qazib olish va
tashishdagi sarf-xarajatlar mahsulot tannarxining 20% ni tashkil etadi.
Qo’llanadigan ko‘mir ham taxminan shunchani tashkil qiladi. Shu sababli agloporit
ishlab chiqarishda xomashyo sifatida yoqilg‘i tarkibli sanoat chiqindilari (ko‘mir
qazib olish va boyitish, issiqlik elektrostansiya kullari) dan foydalanish
to’ldiruvchi tannarxini pasaytiradi va agloporit ishlab chiqarish va ishlatishda
texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
To’ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish. To’ldiruvchilarni fraksiyalash va
boyitish quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
- yuvish;
- zarraviy tarkibi bo‘yicha klassifikatsiyalash;
- zichligi bo‘yicha klassifikatsiyalash;
- mustahkamligi bo‘yicha klassifikatsiyalash.
Bu jarayonlar to’ldiruvchilarni ishlab chiqarishda qo‘shimcha sarflarga olib
keladi, biroq ular sement sarfini kamaytiradi, beton bir jinsligini va
mustahkamligini oshiradi.
Yuvilgan qum nafaqat beton sifatini oshiradi, balki sement sarfini kamaytiradi,
chunki changsimon va gilli zararli qo‘shimchalar beton sifatini kamaytiradi va
betonni talabdagi mustahkamligini olish uchun sement sarfini oshirishni talab
etadi.
Beton uchun sifatsiz to’ldiruvchi ishlatilganda sement sarfi oshadi. Misol
uchun beton qorishmasining kerakli yoyiluvchanligi va mustahkamligi bo‘yicha
betonni talabdagi markasini olish uchun qum-shag‘al aralashmalari ishlatilganda
sement sarfi 100 kg oshadi.
Yana bir misol keltiramiz, sun’iy g‘ovakli to’ldiruvchi to‘kma zichligi
400...600 kg/ m
3
. Seperator yordamida ularni yengil (400...500 kg/ m
3
) va
zichliroq (500...600 kg/ m
3
) ga ajratilsa, birinchisini tashqi devorlar uchun,
ikkinchisini orayopmalar uchun ishlatilsa, devoi qalinligini 5 sm ga kamaytirish,
orayopmaning 1 m
3
betonida 100 kg m
3
ga yaqin sementni tejash mumkin bo’ladi.
To ldiruvchilaming sifatini yaxshilash va turli vazifani bajaruvchi betonlarda
ratsional qo‘llash, beton va temir-beton konstruksiyalar tannarxini pasayashini va
sifatini oshirishni ta’minlaydi.