2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

Mablag‘lar iqtisodi – to’ldiruvchilarni ishlab chiqarishda va beton uchun 
qo’llashda juda muhim talab hisoblanadi. 
To’ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30....50 % narxini, 
80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu 
to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo’llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash 
hamda to’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologivasida ilmiy-texnik yutuqlarni 
qo’llashdir. Beton qorishmaning eng qimmat qismi sement emas, balki 
to’ldiruvchilar - oddiy tabiiy qum, shag‘al, chaqiq toshdir. 
Birinchidan, beton uchun to’ldiruvchilar sementga nisbatan ko‘p sarflanadi. 
Oxirgi yillarda beton mustahkamligiga talablar oshmoqda, lekin 1m3 betonga 
sement sarfi o‘rtacha kamaymoqda, to’ldiruvchilar sarfi esa oshmoqda. Buni, 
yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashishi natijasida 
buyumlarni bikr beton qorishmasidan qoliplash, sement faolligi oshishi, 
superplastifikator va boshqa omillar bilan tushintirish mumkin. 
Ikkinchidan, to’ldiruvchilar tannarxi hanuz yuqori bo‘lib qolmoqda. Sement 
tannarxini kamayririshga sanoatda erishilgan bo’lsada, to’ldiruvchilar tannarxini 
kamaytirish uchun katta zahiralar ishlatilmagan. Bu muammoni hal qilish uchun, 
birinchi navbatda to’ldiruvchilar sifatida sanoat chiqindilari va ikkilamchi 
resurslardan keng foydalanishdir. 
• Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlab chiqarishda yirik korxonalarni 
qurilishi hozirgi vaqtda o‘zini oqlamaydi. O‘zbekistonda oxirgi yillarda beton 
to’ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlanmoqda va bunda 
tashkil etilayotgan to’ldiruvchilarni maydalash-saralash korxonalarini mobil tez 
yig’ib ishga tushirish mumkin bo’lgan ko‘chma komplekslarni loyihalash va 
qurishga katta e’tibor berilmoqda. Bunday komplekslar to’ldiruvchilar ishlab 
chiqarish uchun yetarli xom-ashyo mavjud bo’lgan joylarda qurish tavsiya etiladi.
Bugungi kunda statsionar (bir joyga muqim o‘rnatilgan) to’ldiruvchilarni 
maydalash- saralash korxonalarini qurish unchalik samara bermayapdi. Bu 
komplekslarni qurishga katta mablag‘ sarflanadi. Xomashyolar zahirasi 
tugagandan so‘ng bu korxonalar ishdan to‘xtab qolmoqda. Shuning uchun ko‘chma 
komplekslarni loyihalash va qurish masalasi o’ta dolzarbdir.
Xomashyolar qayta ishlanib bo’lgandan so‘ng ko‘chma komplekslar 
bo’laklarga ajratilib boshqa xomashyo yetarli bo’lgan joyga qisqa vaqtda 


70 
ko‘chirib-o‘rnatish (yig’ish) mumkin. Ularni avariyalardan saqlash uchun metal 
ajratgichlar va metalldektorlar bilan ta’minlangan. Misol tariqasida “Qamchiq” 
dovonida qurilgan ko‘chma maydalash-sortirovkalash kichik sexlarini misol 
keltirish mumkin. 
Shuningdek, O‘zbekistonda ham 1982 yilda tashkil etilgan Xitoyning Xenan 
viloyati, Chjenchjou shahrida joylashgan Aimix Group MChJ tomonidan taklif 
etilayotgan ko‘chma va qo‘zg‘almas maydalash va saralash komplekslari 
ishlatilmoqda.
• Qum va shag‘al qazib olish va qayta ishlashda karerlarda 
gidromexanizatsiya usulidan keng foydalanish To’ldiruvchilar tannarxini 
kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, bu usulda, quruq usulga nisbatan, mehnat 
unumdorligi 3-5 marotaba oshadi. Bunda mahsulot tannarxi esa 2 va undan ko‘p 
marta kamayadi. 
Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq 
so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma'lum 
vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. 
Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv 
ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. 
Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan 
birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi 
yordamida yig‘iladi. (2.12- rasm) 
• To’ldiruvchilar konlaridan chiqindilar chiqarmay kompleks foydalanish. 
Misol uchun, qum-shag‘al aralashmani qazib olishda beton uchun qum va 
shag‘aldan tashqari yo’l-yo’lakay suvoq qorishmalari uchun mayda qum, yo’l 
qurilishi uchun balast, tosh va shu kabilar olish mumkin. Yirik shag‘alni maydalab 
olinadigan chaqiq tosh, qoida bo‘yicha tosh jinslaridan olinadigandan arzondir. 
Chaqiq tosh ishlab chiqarish korxonalarida mayda fraksiya ko‘pincha 
ishlatilmay chiqindixonalarga tashlab yuboriladi. Bu chiqindilardan yaxshi mayda 
to’ldiruvchilar - maydalangan qum va tosh unini olish mumkin. Tosh uni qimmat 
mahsulot, undan asfaltobeton va bitum mastikalar ishlab chiqarishda to’ldiruvchi 
sifatida ishlatish mumkin. Chiqindilardan to’la foydalanish to’ldiruvchilarning 
tannarxini kamaytirishga olib keladi. 
• To’ldiruvchilarni tashish masofasini kamaytirish transport xarajjatlarini 
kamaytiradi. 
Bu 
muammoni 
yechish 
uchun 
maydalash-sortirovkalash 
korxonalarini karerlar oldida qurish, qurilish ob’ektiga yaqin joyda qum va chaqiq 
tosh maydalash- saralash ko'chma sexlarini qurish katta ahamiyatga ega. 

Download 2,95 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish