67
boshqalar, hamda tabiiylari – tuf, pemza va boshqalarni misol sifatida keltirish
mumkin. yengil betonlar asosan devorlar va yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning
og‘irligini kamaytirish uchun ishlatiladi. Shu sababli bu betonlarning zichligi
alohida ahamiyat kasb etadi. Betonlarning zichligiga qarab o‘ta yengil 500 kg/m
3
zichlikdan kam issiqlik saqlovchi beton va yengil zichligi 500-1800 kg/m
3
bo‘lgan
betonlarga ajratiladi.
yengil betonlarning mustahkamligi 2,5 dan 30 MPa gacha va undan yuqori
bo‘lishi mumkin. yengil betonlar asosan zichligi 500-1400 kg/m
2
bo‘lgan
konstruksion-issiqni saqlovchi va zichliklari 1400-1800 kg/m
3
bo‘lgan
konstruksion betonlarga bo‘linadi.
Betonlar tuzilishiga ko‘ra zichlashtirilgan va oddiy turlarga ajratiladi. Ularga,
sement qorishmasining yirik to‘ldiruvchilari orasidagi g‘ovaklarni yengil yoki
og‘ir qum bilan to‘ldiriladigan oddiy betonlar, sement qorishmasining g‘ovaklarini
ko‘pik yoki gaz hosil qiluvchi boshqa qo‘shimchalar bilan ko‘pchitiladigan
serg‘ovak yengil betonlar va qumsiz, donalar orasidagi bo‘shliqlari saqlangan yirik
g‘ovakli yengil betonlar kiradi. Qurilishda asosan yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning
o‘lchamlari 20-40 mm bo‘lgan yengil betonlar va mayda donador yengil betonlar
ishlatiladi.
yengil betonlarning mustahkamligi og‘ir betonlardagi kabi tarkibidagi
sement-suv nisbatiga bog‘liq, chunki asosan u sement toshini mustahkamligini
belgilaydi. Lekin g‘ovakli to‘ldiruvchilar o‘zining strukturaviy xususiyatlariga
ko‘ra sement qorishmasiga nisbatan kamroq mustahkamlikka ega. G‘ovak
to‘ldiruvchilarni yengil beton tarkibiga kiritilishi ularning miqdori va zichligiga
bog‘liq holda beton mustahkamligini kamaytiradi.
yengil betonlarni mustahkamligiga sement-suv nisbatlarining bog‘liqliklarini
Rasm-6.6 da ko‘rish mumkin.