61
Donadorlik tarkib to‘ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini
ko‘rsatadi. Bu miqdorni to‘ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 mm
va undan ham yirikroq standart elaklardan o‘tkazib aniqlanadi. To‘ldiruvchilar turli
o‘lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan turlariga bo‘linadi.
Fraksiyalangan to‘lidiruvchining donalari alohida fraksiyalarga ajralgan,
o‘lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat.
To‘ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta yiriklikdagilari bo‘yicha
xarakterlaydilar. Bu holda to‘ldiruvchi donalarining nisbatan
eng kichik yoki eng
katta o‘lchamlariga qarab tushuniladi. To‘ldiruvchida alohida yirik yoki mayda
donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha o‘lchamlardagi, xususan eng maydasidan
eng yirigigacha donalar mavjud bo‘lsa bu tarkib uzluksiz tarkib deyiladi. Agarda
to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar mavjud bo‘lmasa
bunday donador tarkib uzlukli tarkib deb ataladi.
To‘ldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash bo‘yicha
juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar
uzluksiz donador tarkibni
samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan o‘rtacha o‘lchamlardagi
fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning kamayishi ta'minlanadi. Biroq,
undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda donalarning harakatchanligi
chegaralanadi va ma'lum darajadagi harakatchan beton qorishmasini olish uchun
donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab olish zarurati tug‘iladi.
Uzluksiz
donador tarkibli qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq bo‘lishi kuzatiladi va
uzlukli jarayonda to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi,
hamda
to‘ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish
uchun sement sarfi ortadi va to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini kamaytirish hisobiga
sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan
tashqari uzlukli donadorlik
tarkibning qatlamlanishga moilligi bo‘lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta'sir
ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali
elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqtning o‘zida bo‘shliqlari minimal darajadagi va
eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega bo‘lgan qorishmani olish mumkin
bo‘lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o‘tkazish mumkinligi
sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin.
Buning uchun
qorishmadagi bo‘shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig‘indisi ma'lum
darajadagi harakatchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmasini va mustahkam
betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi kerak. Ideal egri
bo‘yicha turli o‘lchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda o‘sha
sement sarfi
bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar
olinadi.