|
Yirik to‘ldiruvchining eng kattayirikligi, mmBog'liq BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НKYirik to‘ldiruvchining eng kattayirikligi, mm
14.4-rasm. To‘ldiruvchi eng katta yirikligining betonning siqilishdagi
mustahkamligiga ta'siri
Beton qorishmasiga bunday salbiy ta'sir ko‘rsatishi, beton qorishmasidagi
yirik to‘ldiruvchilarning o‘lchamini oshishi bilan tushuntiriladi, amaliyotda esa
barcha o‘lchamlar diapazonida kuzatiladi, biroq o‘lchami 38,1 mm dan kichik
bo‘lgan donalar suvga talabchanlikni kamaytishiga olib keladi, hamda dominant
hisoblanadi. 14.4-rasmda Bloem maqolasidan kelib chiqib grafik berilgan bo‘lib, u
orqali suv-sement nisbatiga ko‘ra aniqlangan hisobiy mustahkamlikni faktik
mustahkamlik bilan taqqoslash mumkin. Shuni aytish mumkinki, eng katta donalar
yirikligi 25,4-38,1 mm bo‘lgan to‘ldiruvchilar mustahkamlikning ortishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Qorishmalarda o‘ta yirik to‘ldiruvchilarni qo‘llash alohida shtabelni
talab etar edi, hamda qorishmani qavatlanishiga olib keladi. Biroq amaliyotda bu
muammoni hal etish uchun turli fraksiyadagi to‘ldiruvchilarni ishlatish mumkin.
Bundan tashqari konstruksion chegaralash ham mavjud bo‘lib, to‘ldiruvchining
eng katta yirikligi beton elementining 1/5-1/4 qalinligidan ortmasligi lozim.
To‘ldiruvchining eng katta yirikligi elementda joylashgan loyixaviy armaturaga
ham bog‘liq bo‘ladi. Bu chegaralanishlar norma SR 114 da keltirilib o‘tiladi.
Dastlab betonda to‘ldiruvchilarni ishlatish g‘oyasiga ko‘ra oddiy og‘ir
betonda inert material sifatida yirik toshlarni ishlatish nazarda tutilgan. Shunday
qilib, berilgan sement sarfida betonning chiqishi ortadi. Yirik toshlar massiv beton
konstruksiyalarda ishlatiladi, ularning o‘lchami ko‘ndalangiga 30 sm ga yetadi.
Toshlarning hajmi betonning umumiy hajmining 30% idan ortmasligi lozim, bunda
tosh betonning butun massasi bo‘yicha bir xil taqsimlanishi kerak bo‘ladi.
Amaliyotda beton qorishmasi qavatma qavat o‘rnatilgan tosh ustiga yotqizilib
boriladi, bunda xar bir qavat toshning sirti to‘liq beton qorishmasi bilan qoplanishi
57
lozim bo‘ladi. Toshlarni o‘rnatish sermahsul ish hisoblanadi, bundan tashqari
betonlash jarayonini uzluksiz tashkil etish kerak bo‘ladi.
|
| |