55
ko‘pchitishdan iborat. Shlak eritmasini g‘ovaklashtirish purkovchi qurilmada
(14.2-rasm) bajariladi.
Aralashtirish kamerasida ko‘pchigan granulalar ekranga tashlanadi, u yerdan
esa shlak qabul uskunasiga tushadi va bo‘laklarga ajratiladi. Olingan shlakli pemza
birjinsli mayda g‘ovakli tarkibga ega bo‘lib, g‘ovaklari o‘lchami 1mm
gacha
tashkil etadi.
Gidroekran usuli shlak eritmasini ketma-ket ikkita suvli tarnovda qayta
ishlash (14.3-rasm)ni o‘z ichiga oladi. Birinchi tarnovda ko‘pchuvchi
shlak
eritmasi suv tomchilari bilan birgalikda vertikal ekranga tashlanadi,
u yerdan aks
ettirilib ikkinchi tarnovga tushadi, u yerda ham suv tomchilari bilan qayta ishlanib,
plastinkali uzatuvchi orqali sovitish va maydalash uchun jo‘natiladi. Bu usulda
shlakli pemza chaqiq toshini ishlab chiqarish texnologik sxemasi keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan barcha usullarda g‘ovak chaqiq tosh va qum shaklidagi
maydalangan shlakli pemza olish imkoni mavjud.