• Rasm-6.4. Betonning asosiy makrostrukturaviy turlari: I-zich; II-g‘ovak to‘ldiruvchili zich; III-katakchali; IV-donador; Rb
  • -MA’RUZA: TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    3-MA’RUZA: TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA 
    QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI 
    Betonlarga ishlatiladigan to‘ldiruvchilarga qo‘yiladigan talablar 
    Beton qorishmasini strukturasi qotish jarayonida ham saqlanadi, shuning 
    uchun ham beton strukturasini sement toshini miqdoriga va betonda joylashuviga 
    qarab tavsiflaganda, yuqorida aytib o‘tilgan uchta struktura turini ko‘rsatib o‘tish 
    mumkin. 


    65 
    Rasm-6.4. Betonning asosiy makrostrukturaviy turlari: 
    I-zich; II-g‘ovak to‘ldiruvchili zich; III-katakchali; IV-donador; Rb-
    strukturaning o‘rtacha mustahkamligi; R1 va R2 - beton tarkibini tashkil 
    etuvchilarning mustahkamligi. 
    Ammo beton xususiyatlariga uning zichligi va g‘ovakligi hal etuvchi ta'sir 
    ko‘rsatadi. Boshqa bir xil shart-sharoitlarda g‘ovaklik hajmi va harakteri, 
    shuningdek beton tarkibining aholida moddalari xususiyatlaridagi mutanosiblik 
    uning asosiy texnik xususiyatlari, uzoq muddatga mustahkamligi, turli sharoitlarga 
    bardoshliligini belgilab beradi. Shuning uchun beton strukturasini uning zichligi 
    bilan tavsiflash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
    Rasm-6.4.da strukturaning asosiy turlari keltirilgan: zich, g‘ovak 
    to‘ldiruvchili, serg‘ovak va donador. Zich struktura o‘z navbatida to‘ldiruvchining 
    ta'sirlashuv joylashuviga ega bo‘lishi mumkin, ya'ni uning donachalari bir-biriga 
    sement toshining yupqa qatlami orqali tegib turadi va to‘ldiruvchining 
    “suzuvchisimon” joylashuviga ega, ya'ni uning donachasini joylashuvi bir-biridan 
    ancha uzoqlikda joylashadi. Zich struktura qattiq materialning yaxlit (tutash) 
    matritsasi(masalan, sement toshi)dan tashkil topib, unga matritsa materiallari bilan 
    ancha mustahkam bog‘langan boshqa qattiq material (to‘ldiruvchi) donachalari 
    ora-sira joylashtirilgan bo‘ladi. Serg‘ovak struktura qattiq materialning yaxlit 
    (tutash) muhitida turli o‘lchamdagi g‘ovaklar shartli alohida yopiq uyalar 
    ko‘rinishida taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Donador struktura qattiq 
    materialning o‘zro jipslashgan donalar yig‘indisidan iborat. Donador strukturaning 
    g‘ovakligi to‘xtovsiz va sochiluvchan materialning g‘ovaklariga o‘xshashdir. 
    Zich strukturali materiallar eng yuqori mustahkamlikka, donadorlar-esa eng 
    kam mustahkamlikka ega bo‘ladi. Zich materiallar serg‘ovaklilarga nisbatan kam 
    o‘tkazuvchan bo‘ladi, ular esa o‘z navbatida donador struktura materiallariga 
    nisbatan kam o‘tkazuvchan hisoblanadi. 
    Material xususiyatlariga donalar, g‘ovaklar va boshqa struktura 
    elementlarning o‘lchamlari katta ta'sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan, betonda 
    mikrostruktura va makrostruktura bir-biridan farqlanadi. Makrostruktura deganda 
    ko‘z bilan yoki kattalashtirish orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan strukturaga aytiladi. 
    Strukturaviy elementlar sifatida bu yerda yirik to‘ldiruvchi, qum, sement toshi va 
    g‘ovaklarni keltirish mumkin. Ayrim hollarda tahlil va texnologik hisoblar tuzish 
    uchun ikki element – sement toshi va qumni biriktiruvchi va yirik qorishma 
    to‘ldiruvchidan tashkil topuvchi makrostruktura shartli ravishda olinadi. 


    66 
    Mikrstruktura deganda mikroskop orqali kattalashtirilganda ko‘zga 
    ko‘rinuvchi strukturaga aytiladi. Beton uchun sement toshining sementning 
    ta'sirlanmagan zarrachalari, yangi paydo bo‘lgan moddalar va turli o‘lchamdagi 
    mikrog‘ovaklardan iborat mikrostruktura katta ahamiyatga ega. Prof. V.N. Yung 
    bunday strukturani “mikrobeton” deb ataydi. 
    Sement toshi – beton xususiyatlari va uzoqqa chidamliligiga ta'sir etuvchi 
    asosiy komponent hisoblanadi. O‘z navbatida sement toshi xususiyatlari struktura 
    va mikrostruktura elementlarining o‘zaro kimyoviy bog‘lanishlar kuchini 
    belgilovchi sementning mineral tarkibiga bog‘liq. Bog‘lovchi mineral tarkibini va 
    qotish shartlarini o‘zgartirish orqali sement toshining turli xil mikrostrukturalarini: 
    serg‘ovak, donador, tolasimon, g‘ovakli va boshqa turlardan tashkil topuvchi 
    murakkab strukturalardan hosil qilish mumkin. Beton texnologiyaisda turli 
    bog‘lovchi moddalar ishlatiladi, betonni qotirishning har xil sharoitlari qo‘llaniladi, 
    shuning uchun betonlarda sement toshining turli xil mikrostrukturalari uchrashi 
    mumkin. 
    Turli betonlar o‘ziga xos strukturasiga ega. Og‘ir betonlar uchun zich struktura, 
    yengil konstruktiv betonlar uchun esa g‘ovak aralashmali zich struktura, serg‘ovak 
    betonlar esa serg‘ovak strukturaga, yirik bo‘shliqlilar donador strukturaga ega. 
    Albatta, keltirilgan shakllarda turlarga ajratish shartli bo‘lib, aslida beton 
    strukturasi o‘ta murakkabligi bilan farqlanadi, masalan, og‘ir betonning zich 
    strukturasida sement toshi katta miqdordagi g‘ovaklarga ega bo‘ladi, yengil 
    betonning zich strukturasida g‘ovaklar faqatgina to‘ldiruvchida emas sement 
    toshida ham kuzatiladi, serg‘ovak strukturadagi alohida yacheykalar o‘zaro 
    kapillyarlar va boshqalar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ammo strukturaning 
    turlari to‘g‘risidagi tasavvurga beton tarkibining har bir holatga xos xususiyatlari 
    yordamida ega bo‘lib, so‘ng uni loyihalashtirish mumkin. 
    Beton tarkibi bir xil emas. Materialning ayrim hajmlari o‘z xususiyatlariga 
    ko‘ra bir-biridan ancha farq qilishi mumkin, u yakuniy xususiyatlarga ta'sir 
    ko‘rsatadi. Sement toshi va to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchining ayrim zarralari va sement 
    toshining ayrim mikrohajmlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra farqlanishi mumkin. 
    Ta'sirlashuv muhitida sement toshining asosiy massasidagi kabi defektli joylari, 
    ta'sirlanmagan zarralar, mikrodarzlar va material yaxlitligini kamaytiruvchi boshqa 
    elementlar mavjud bo‘ladi. Rasm-6.5.da beton mustahkamligining kesma bo‘ylab 
    o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, beton strukturasi va xususiyatlari turli 
    mahsulot va namunalarda, hatto bir xil tarkibdan tayyorlanganlarda ham juda kam 
    miqdorda farqlanishi mumkin.
    Struktura va xususiyatlarning har xilligi betonga baho berishda ehtimolli-
    statistik usullarni qo‘llashni talab etadi va beton hamda temir-beton 
    konstruksiyalarni ishlab chiqarishni loyihalashtirish, tashkil etish jarayonida 
    hisobga olinishi kerak. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA: TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish