68
oshishiga olib kelmaydi (rasm-6.6). R
b
=f (R
p
) bog‘liqlik
ikki zonaga ega. Birinchi
zonada qorishma mustahkamligining ortishi beton mustahkamligini oshishiga olib
keladi va bu yerda sement-suv nisbatining ta'siri namoyon bo‘ladi. Ikkinchi
zonada qorishma mustahkamligini oshirish betonning
mustahkamligini oshishiga
olib kelmaydi. Bunga to‘ldiruvchining zaifligi va sement yupqa karkasining
mo‘rtligi sabab bo‘ladi.
Bundan keyingi qorishma mustahkamligini oshirish iqtisodiy nuqtai nazardan
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Turli markadagi
yengil betonni olish uchun
to‘ldiruvchining mustahkamligini shunday tanlash lozimki,
sement sarfi samarali
ravishda qo‘llanilsin, ya'ni birinchi zonadagi betonga mos bo‘lsin. Betonlarning
alohida xususiyatlariga mos holda talab qo‘yilgandagina
ikkinchi zona zichligiga
mos betonlarni tayyorlash mumkin
4-MA’RUZA: TABIIY QUM, SHAG‘AL VA CHAQIQ TOSH.
To’ldiruvchilarni
ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy
samaradorligi
Muhandis har qanday texnikaga oid masalalarni yechmasin,
u yoki boshqa
yechim iqtisodiy samaradorlik bilan belgilanadi. Shu sababli texnik hisob ishlari
bilan birgalikda iqtisodiy tahlil bajariladi.
Yechim
tahlili , ishlab chiqarishdagi ma’lum bir sharoitni hisobga olishni va
pul vositalarini tejash optimallik kriteriyasi bilan birgalikda mehnat unumdorligini
oshirish hamda tashish hajmini qisqartirishni nazarda tutadi.