73
RCAni strukturaviy ishlatishni kengaytirish lozim bo‘ladi. ASTM C 294-05 ga
ko‘ra RCA sun'iy to‘ldiruvchi klassifikatsiyasiga mansub bo‘ladi[1].
Biroq yangi beton qolishda eski betondan foydalanish vaqtida bir qancha
momentlarni inobatga olmoq lozim. RCA eski qorishmadan tashkil topganligi
sababli, RCA orqali tayyorlangan betonning zichligi odiiy to‘ldiruvchidan
tayyorlangan betonning zichligidan kam bo‘ladi.
Buning sababi esa RCA orqali tayyorlangan to‘ldiruvchilar
yuqori
g‘ovaklikka va suvshimuvchanlikka ega bo‘ladi. Shu sababli ham RCA
orqali
beton qorishmasini tayyorlashdan oldik uni suvga shimdirib olish lozim bo‘ladi.
Bu ayniqsa tarkibida g‘isht bo‘laklari bo‘lgan RCA uchun zarur hisoblanadi.
Bunday betonning mustahkamligi bevosita eski betonning mustahkamligi bilan
belgilanadi, bunda mayda to‘ldiruvchi sifatida maydalangan tosh yoki tabiiy qum
ishlatilishi lozim bo‘ladi.
Beton mustahkamligining pasayishini oldini olish uchun eski betondagi
qumning o‘rniga qisman yoki to‘liq tabiiy qum ishlatish lozim bo‘ladi.
RCA ni
ishlatish orqali yangi betonning qayta ishlanishi kerakli suv miqdorini kiritish
orqali kamayadi, berilgan konsistensiya bo‘yicha suvga talabchanlik ortadi,
berilgan suv miqdoriningqurishi orqali cho‘kish ortadi, hamda berilgan suv/sement
nisbatiga ko‘ra qayishqoqlik moduli ko‘rsatkichi kamayadi. Bu effektlar eng katta
hisoblanadi, qachonki eski beton mayda va yrik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilsa.
Yangi quyilgan betonning muzlashga va erishga
qarshiligi bevosita eski
betonning mustahkamligiga va yangi betonning xususiyatlariga bog‘liq. Eski
betonda mavjud bo‘ladigan kimyoviy, xavoni o‘ziga oluvchi va mineral
qo‘shimchalar yangi betonning xususiyatlarini o‘zgartirishga olib kelmaydi.
Biroq eski betondagi xlorning yuqori konsentratsiyasi yangi betonda
ishlatiladigan po‘latni korrziyaga olib keladi. Eski
beton yuqorida keltirilgan
agressiv muxitlar ta'sirida bo‘lgan bo‘lsa, ya'ni kimyoviy yoki ishqoriy ta'sirlar,
yong‘in va boshqa sabablarga ko‘ra yuqori harorat ta'sirida bo‘lgan bo‘lsa ishlatish
uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Yangi beton olish uchun ishlatiladigan eski betonning xavfli, toksik yoki
radioaktiv moddalar bilan zaralangan bo‘lsa u holda uni chuqur tadqiq etish yoki
iloji bo‘lsa ishlatmaslik kerak bo‘ladi. Eski beton tarkibidagi bitum kabi organik
materiallar yangi beton xususiyatlarini yomonlashtiradi.
Bundan tashqari metall
qo‘shimchalar va tashqi yuzadagi bo‘yoqlar va shisha bo‘laklari to‘ldiruvchining
ishqoriy reaksiyaga olib keladi.
RCAning tarkibini aniqlash BS 8500-2: 2002da keltirilgan. Eski beton
chiqindilarini qayta ishlash orqali yaroqli to‘ldiruvchi olish va ishlatish standart
tomonidan tartibga solingan. Shu bilan birga, qurilishda ishlatiladigan chaqiq tosh
tarkibida salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ko‘p miqdorda g‘isht, shisha, gips yoki
xloridlar bo‘ladi
.
Qurilish chiqindilarini bunday salbiy ta'sir ko‘rsatuvchilardan
tozalash bo‘yicha hali ham takliflar ishlab chiqilmoqda.
Gonsales va boshqalar
tomonidan eski beton chiqindisini qayta ishlash bo‘yicha takliflar berilgan
. Bu
Rigan tomonidan ham taklif etilgan
.
74
Boshqa maishiy chiqindilarga keladigan bo‘lsak, masalan ko‘mir yonishi natijasida
hosil bo‘ladigan kul, qora va rangli metallarni eritishda chiqadigan chiqindilarni
maydalab kukun holatga keltirish, gil bilan aralashtirib granulalar olish va ulardan
sun'iy to‘ldruvchilar ishlab chiqarish mumkin.
Bu materialni qo‘llash orqali
mustahkamligi 28 kun ichida
50 MPa (kvadrat dyuymga 7000 funt) yetadigan
beton ishlab chiqarish mumkin. Bu materiallarni betonning uzoq muddatga
chidamligiga ta'sirini o‘rganish lozim bo‘ladi. Sanoat chiqindiarini qayta ishlash va
uni qurilishda qo‘llash mavzusi bu kitobda ko‘rilmaydi, biroq o‘quvchilar boshqa
manbalardan o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olishlari mumkin