80
1 oblastda yotuvchi yirik to‘ldiruvchini qo‘llash qattiq beton qorishmasini
hosil bo‘ldishiga olib keladi.
Bundan kelib chiqib, qumning beton tarkibida ko‘p
bo‘lishi beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi uchun ma'lum zarur
sharoitni keltirib chiqaradi. Yirik qumlar ayniqsa yog‘li
beton qorishmalar yoki
kichik qulay joylashuvchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmalarini ishlab chiqarish
uchun yaroqli bo‘ladi.
2 oblastda yotuvchi qumning yiriklik o‘rtacha bo‘lib, asosan “standart”
qorishma uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilarning nisbati 1:2 ni tashkil etadi.
Umuman olganda yirik to‘ldiruvchining miqdori mayda to‘ldiruvchiga nisbatan
katta bo‘ldishi kerak. Bu nisbatning optimal miqdori 12.9-jadvalda keltirilgan.
Yirik to‘ldiruvchi sifatida maydalangan chaqiq tosh ishlatiladigan bo‘lsa, u holda
shag‘al ishlatganga nisbatan bir qancha ko‘p
miqdorda qum ishlatiladi, chunki
qirrali donalarning qulay joylashuvchanlikni pasaytirishini kompensatsiya qiladi.
Yirik va mayda to‘ldiruvchilar orasidagi nisbatning to‘g‘ri
tanlash ayniqsa
to‘ldiruvchilar donadorlik tarkibi egri chiziqning 4 oblasti chegarasida yotsa
(mayda qum) yoki to‘ldiruvchilar donadorlik tarkibi egri chiziqning 1
oblasti
chegarasida yotsa (yirik qum) zarur hisoblanadi. Biroq shuni aytish lozimki,
donadorlik tarkibi to‘g‘ri tanlangan mayda qumni betonda muvaffaqiyatli ishlatish
mumkin. Oldin esa bu to‘ldiruvchining yaroqliligi to‘g‘risida turli taxminlar bo‘lar
edi.
12.10-jadvalda beton olishda ushbu to‘rtta oblastdan istalgan birida yotuvchi
qumlarni ishlatishga doir misollar keltirilgan, hamda bu jadvalda qurilish-tadqiqot
markazi tomonidan olingan natijalar keltirilgan. 12.11jadvalda
qumning faktik
donadorlik tarkibi keltirilgan.
Buning uchun to‘ldiruvchi va sement nisbati 6,04 olingan va S/S=0,6
tanlangan. Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligini ta'minlash maqsadida
yirik to‘ldiruvchi va mayda to‘ldiruvchi miqdori shunday nisbatda olindiki, bunda
to‘ldiruvchilarning umumiy solishtirma yuzasi o‘zgarmas holatga, ya'ni 25,5 sm
2
/g
ni tashkil etdi. 12.12-jadval shuni ko‘rsatadiki, barcha
holatlarda bir xil sifatli
bo‘lgan beton olindi.