89
ham pasayadi, bu esa chig‘anoq donalarining kompakt bo‘lmagan holda
joylashgani bilan izohlanadi.
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari
mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu sababli g‘ovak
ohaktosh va
chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va
mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh
va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya
va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar konlarda qolgan
chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi.
Cho‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit,
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan.
Ularning katta
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador
va mayda g‘ovaklikka ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xalsedon
ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi.
Shu sababli
bu to‘ldiruvchilarning sementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda yemirilishni
keltirib chiqaradi.