87
1-AMALIY MASHG’ULOT: MAVZU:BETON
TO’LDIRUVCHILARNING TURLARI
Faollashtiruvchi savollar:
1.Tabiiy to’ldiruvchi turlarini keltiring?
2. Suniy to’ldiruvchi turlarini keltiring?
3.Sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilarning turlarini keltiring?
4.Beton to’ldiruvchilarining qanday asosiy xossalarini bilasiz?
5.Beton to’ldiruvchilari beton xususiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Mustaqillik yillari davomida qo’llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich
islohotlar siyosati O’zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina
ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan
Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o’z mavqeiga ega bo’ldi.
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy
intellektual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi
va eksportga chiqarish
mumkin bo’lgan qo’l ostimizdagi o’z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash,
ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb
etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida
belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat
yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan
shart-sharoitlar, huquqiy me’yorlar
yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat
tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina
miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va
oqilona foydalanish uchun
samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab
qilinadi.
Respublika xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari
salmoqli o’rin egallaydi. Bu esa o’z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat,
qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bo’lgan
yuqori ehtiyoj va
malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g’ovak to’ldiruvchilar
asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura
qurilish instituti professori L.M.Botvina va uning shogirdlari tomonidan
Respublika xom-ashyo bazasi asosida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar (keramporit,
barxan qumlari asosida olinadigan yengil to’ldiruvchilar, kamporit, karboporit va
boshqalar)ni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun’iy g’ovak
to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarini
olish dolzarb vazifadir. Bular ma’lum miqdorda
binolarni yengillashtirish
masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement
88
miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko’ndalang kesimini kamayishiga va
ularning oralig’ini uzaytirishga olib keladi.
Beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo’llanmalar
qo’yidagilar bo’lishi kerak: to’ldiruvchilar sifat darajasi
va samarasini oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli to’ldiruvchilarni
ko’plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarish
texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy
texnologik jarayonlarni
keng ko’lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish;
to’ldiruvchilar hossalarini aniqlashda xomashyo mahsulotlarning sifatini
boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo’llash;
hisoblash texnikasidan
keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash
texnologiyasini qo’llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng
ko’lamda qo’llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish
maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.