-rasm. Keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

7.3-rasm. Keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi:
1- bolg‘ali tegirmon; 2- cho‘ktiruvchi siklon; 3-elevator; 4-bunker; 5-
qaynovchi qavat qozoni SMS-139; 6-ventilyatorlar; 7-siklonlar batareyasi; 8-
elektrofiltr; 9-sovitgich; 10- ichi qoplangan siklon; 11-tayyor mahsulotlar 
ombori; 12engli filtr.
Keramzit qumi ishlab chiqarish sexining tayyor mahsulotlar ombori ikkita 
silosdan iborat bo‘lib, ular bir vaqtda yoki ketma-ket to‘ldiriladi.


49 
Keramzit qumi avtotransport yoki temir-yo‘l transportlarida jo‘natiladi.
Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari 
uchun eng samaralisi bu uyma zichligi bo‘yicha markasi M300, M400, M500 
bo‘lgan yengil keramzit shag‘alidir.
Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstruksionissiqlikdan 
himoyalovchi keramzitbetonning zichligi 900-1100 kg/m
3
ni, siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir 
vaqtning o‘zida ham yuk ko‘taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni 
bajaradi.
Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yuk ko‘tarish qobiliyatini bir va 
ba'zan 
ikki 
qatlamli 
konstruksion-keramzitbeton 
ta'minlaydi, 
issiqlikdan 
himoyalash zichligi 500-600 kg/m
3
bo‘lgan yirik g‘ovakli issiqlikdan 
himoyalovchi keramzit beton qatlami ta'minlaydi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bir qatlamli panel konstruksiyasidan ikki yoki 
uch qatlamliga o‘tish va devor panellari yuk ko‘tarish va issiqlikdan himoyalash 
funksiyalarini bajaruvchi konstruksion va issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton 
asosida ishlab chiqarilgan panellarning sifatini va chidamliligini oshiradi, material 
sarfini kamaytiradi.
Issiqlikdan himoyalovchi yirik g‘ovakli keramzit beton bu o‘ta yengil beton 
hisoblanadi. Sementni eng kam sarfida uning zichligi keramzit shag‘ali uyma 
zichligidan kamroq oshadi.
Keramzit shag‘ali markasi M700 va M800 ni qo‘llab siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 20, 30, 40 MPa bo‘lgan konstruksion yengil beton olish mumkin, undan 
asosan tom yopma, ora yopma panellaridan qurilishda keng foydalaniladi, bu o‘z 
navbatida konstruksiyani yengillashtiradi 

Download 2,95 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish