2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/145
Sana21.12.2023
Hajmi2,95 Mb.
#125770
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
Bog'liq
BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

 
 
7.1-rasm. Ikki zonali qaynovchi qatlam pechining sxemasi:
1- dastlabki issitish zonasi; 2- kuydirish zonasi; 3- qaynovchi qatlam 
sovitgichi; 4- qoplangan siklon; 5- xavo purgagich; 6- bo‘shatuvchi klapanli 
yopqich; 7- gazni uzatish; 8- tashqi oqim uchun sektorli yopqich; 9- issitish 
zonalari uchun siklon
Pechning kuydirish zonasiga uzatilayotgan gilli donalar qaynovchi qatlamning 
issitish zonasida 300 
0
S gacha qizdiriladi, kuydirgandan so‘ng tayyor keramzit 
qumi qaynovchi qatlamning sovitish uskunasida sovitiladi. Qumning mayda 
fraksiyalari bir qismi kuydirish zonasidan gaz bilan chiqib siklonga tushadi va 
cho‘kadi, tozalangan gazlar esa pechning dastlabki issitish zonasiga uzatiladi.
Qaynovchi qatlam pechining (SMS-139) pasport bo‘yicha mahsuldorligi 6,7 
m
3
/soat bo‘lib, foydalanish koeffitsienti R
i
=0,85. Olingan keramzit qumining 
uyma zichligi 500-700 kg/m
3
. Keramzit qumining donadorlik tarkibiga 
qo‘yiladigan talab tabiiy qum kabi bo‘lib, faqat tarkibida yirik fraksiyalar ko‘p 
bo‘lishi lozim.
Keramzit qumi olishning xususiyatlari va tannarxi bo‘yicha samarali 
yo‘nalishdagi muammolar to‘liq hal etilgani yo‘q. Shu sababli ba'zan 
keramzitobeton ishlab chiqarishda mayda to‘ldiruvchi sifatida ko‘pchigan perlit 
yoki tabiiy qum ishlatiladi.
 7.2-rasm. Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va SMS-197 
qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasi:


47 
1- gil ombori, greyferli ko‘prik krani bilan jixozlangan; 2- qabul bunkeri; 3- 
gilaralashtirgich; 4-yashikli ta'minlanich; 5-osma beton to‘siq; 6-lentali konveyr; 7- 
teshikli valslar; 8-qo‘pol tuyish valslari; 9-lentali shnekli press; 10-mayin tuyish 
valslari; 11-lentali shnekli press; 12- granulalarni quritish barabani; 13-gil quritish 
barabani; 14-elevator; 15-qavat tayyorlovchi; 16-aylanma pech
2,8×20m; 17-qavat sovitgich; 18-maydalash uskunasi
Keramzit ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan quyidagi fraksiyalardagi 
mahsulotlarni ishlab chiqaradi: 0-5 mm-10%; 5-10mm – 40%; 10-20mm – 40%; 
2040mm -10%;
Xomashyo materiallarni dastlabki sinash natijasida olish usuli, tarkibi, ishlab 
chiqarishning texnologik sxemasi va olingan keramzit sifati aniqlanadi.
Korxonalarda asosan keramzit plastik usulida ishlab chiqarilib, texnologik 
sxemasi, gilli xomashyoni qayta ishlash variantlari va kuydirish pechi tipi bilan 
farq qiladi. Ishlab chiqarishning quruq usuli asosan keramzit sifat shungizit olishda 
qo‘llaniladi.
Misol tariqasida 7.2-rasmda keramzit shag‘ali loyihaviy ishlab chiqarish 
sexining texnologik sxemasi keltirilgan. Sex uchta bo‘limdan iborat bo‘lib: 
tayyorlash, kuydirish va tayyor mahsulotlar ombori. Xomashyo kondan 
avtosamosvallarda omborga yetkaziladi. Ko‘prik greyferli kranda gil omborini 
butun yuzasi bo‘ylab bir xil taqsimlanadi va ishlab chiqarishga jo‘natiladi.
Tayyorlash – quyish bo‘limida ikkita xomashyoni qayta ishlash va xom 
granulalarni olish tizimlari mavjud bo‘lib, ulardan biri 7.2-rasmda keltirilgan, 
ikkinchisi yuqori kon namligidagi gilni quritish liniyasi. Yilning issiq faslida gilni 
avtosamosvalda bevosita xomashyoni issitish liniyasi qabul bunkeriga uzatish 
mumkin. Yuqori namlikdagi g‘ovaklangan gilni dastlab tosh ajratish valslariga, 
so‘ngra quritish barabaniga yuboriladi. Quritilgan gilni lentali konveyrda 
xomashyoni qayta ishlash liniyasi qabul bunkeriga yuboriladi, u yerda gilni qo‘pol 
tuyish valslarida maydalanadi, gilaralashtirgichda suvli LST qo‘shimchali 
qorishma bilan aralashtiriladi, so‘ngra mayin tuyish valslarida qo‘shimcha 
maydalanadi, bunda valslar oralig‘i 11,5 mm. Tayyorlangan massa quyish 
qurilmasi ustiga o‘rnatilgan yashikli ta'minlagichga uzatiladi. Lentali shnekli 
pressda xom granulalar olinadi. Quyish qurilmasi sifatida teshikli valslaridan 
xomashyoda yirik qo‘shimchalar mavjud bo‘lsa foydalanish mumkin.
Tayyorlangan granulalar quritish barabanida namligi 19% dan oshmagan 
holatda quritiladi, so‘ngra kuydirish bo‘limiga SMS-197 qurilmasiga jo‘natiladi. 
Qatlam tayyorlash pechi(SMS-198) da granulalar to‘liq quritiladi, aylanma pech 
(SMS-199) ga 200
0
S gacha qizdirilgan holda tushadi, so‘ngra 11501250 
0

xaroratda kuydiriladi va ko‘pchitiladi. Ko‘pchigan granulalar dastlab pechda 
sovitiladi (900-1000
0
S gacha), keyin qatlam sovitgichda (SM-1250) 80 
0
S gacha 
sovitiladi.
Yirikligi 20 mm gacha bo‘lgan keramzit shag‘alini sovitish tezligi 100 0S/min 
dan oshmasligi kerak.
Sovitilgan keramzit lentali konveyrda tayyor mahsulot omboriga uzatiladi, 
so‘ng elevatorda shag‘alni navlarga ajratish uchun elakga jo‘natiladi. Olingan 


48 
fraksiya lentali konveyrda silos bankalariga taqsimlanadi. 5-10mm va 10-20mm 
fraksiyalar uchun uchta silos, 0-5 mm va 20-40 mm fraksiyalar uchun bitta silos 
olinadi. Silos bankalarining sig‘imi tayyor mahsulotning 4 sutkaga yetadigan 
zahirasi bo‘yicha hisoblanadi. Omborda yirik fraksiyalar (20mm dan katta) 
maydalanadi, elanadi va navlarga ajratilib silos bankalariga taqsimlanadi. Tayyor 
mahsulotlar avtomobil va temir yo‘l transportlarida jo‘natiladi.
Keramzit qumini qaynovchi qatlam pechlarida ishlab chiqarish keramzit 
shag‘alini olish sexlari qoshida bajariladi, bunda xomashyo sifatida quritish 
barabanidan chiquvchi granulalar – yarim tayyor mahsulotlar ishlatiladi.
Yiliga 50 ming m

keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi 
rasm-3 da keltirilgan. Ushbu sexni keramzit shag‘ali ishlab chiqarish korxonasi 
maydoniga joylashtirish nazarda tutilgan. Ish rejimi – yil davomida uch smenada.
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagilardan iborat: sexning tayyorlash bo‘limida 
olingan va quritilgan granulalar xomashyo zaxirasi bunkeriga uzatiladi, so‘ngra 
bolg‘ali tegirmonda quritiladi va maydalanadi. Yirikligi 5 mm gacha gil donalari 
(namligi 8-12%) tindiruvchi siklonda ajratilib ikki zonali qaynovchi qatlam 
pechining sarf bunkeriga yuboriladi. Issitish zonasi harorati 200-400
0
S, kuydirish 
zonasi harorati- 1000-1100
0
S ni tashkil etadi.
Keramzit qumining asosiy qismi (70
0
S gacha) kuydirish zonasidan qaynovchi 
qatlam sovitgichiga tushadi, u yerda 120-180 
0
S gacha sovitiladi. Qolgan chang va 
zarralar (30% gacha) qoplamali siklonga yuboriladi. Sovitgich va siklondan 
keramzit qumi pnevmatransport sistemasiga, so‘ngra tayyor mahsulot omboriga 
jo‘natiladi.

Download 2,95 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi

Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish