11-MA’RUZA: YOG‘OCH CHIQINDILARI VA BOSHQA SANOAT
CHIQINDILARI ASOSIDAGI TO‘LDIRUVCHILAR
Yog‘och chiqindilari va boshqa sanoat chiqindilari
asosidagi to‘ldiruvchilar
Hozirgi vaqtda yohoch chiqindilaridan yog‘och tolali va yog‘och qipiqli
plitalar va boshqa qurilish materiallari olishda, qog‘oz-sellyuloza, gidroliz
sanoatida keng foydalaniladi.
41
Yog‘och chiqindilaridan tashqari boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
chiqindilari(g‘o‘zapoya, sholipoya, zig‘irpoya va boshqalar)dan to‘ldiruvchi
sifatida betonda qo‘llash mumkin.
Bunday betonlardan biri bu arbolit bo‘lib, unda to‘ldiruvchi sifatida
maydalangan yog‘och chiqindilari ishlatiladi. Maydalangan yog‘och uzunligi
40mm gacha, eni va qalinligi 2-5 mm bo‘lgan bo‘laklardan iborat bo‘ladi.
Bunday to‘ldiruvchilar va portlandsementlar asosida zichligi 600-700 kg/m
3
bo‘lgan betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5-3,5 MPa va issiqlik
o‘tkazuvchanligi 0,18Vt/(m·
0
S) ni tashkil etadi, bu esa devor panellari va boshqa
konstruksiyalar olish imkonini beradi.
Shu bilan birga qipiqli betonlar ham qurilishda keng ishlatiladi, bunda
to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari va ba'zan tabiiy qum aralashmasi
qo‘llaniladi. Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi.
Yuqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq,
yog‘och chiqindilari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi.
Bunday to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llashda sementning qotishi va
gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur.
Ular tarkibidagi vaqt o‘tishi bilan yuzaga keluvchi organik kislotalar va
qandli moddalar betonning qotishini sekinlashtiradi, sement toshini yemirilishiga
olib keladi.
Shu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash
kerak. Ayniqsa yog‘och chiqindilarini suvga solish, ohakda ekstrakt moddalarni
neytrallash, kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi.
Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari bo‘lgan yaroqsiz beton va temir-
beton buyumlar va konstruksiyalar, tovar betonlarning qoldiqlari, hamda
ekspluatatsiya muddatini o‘tagan buyumlar yetarli hajmda yig‘iladi va ularni
qurilishda betonga to‘ldiruvchi sifatida qayta ishlatish mumkin.
Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida oddiy keramik g‘ishtni maydalashda
olingan g‘isht asosidagi chaqiq toshni qo‘llash mumkin. G‘isht, gilli xomashyoni
kuydirishda olingan boshqa keramik materiallar singari yetarlicha mustahkamlikka
ega.
G‘ishtning zichligi-1,7 g/sm
3
ni, u asosida chaqiq tosh uyma zichligi 800-
900 kg/
m
3
ni tashkil etadi va u yengil to‘ldiruvchi hisoblanadi.
G‘isht asosida chaqiq toshni qo‘llab zichligi 1800-2000 kg/m
3
va
mustahkamligi 10-15 MPa bo‘lgan beton olish mumkin va bunday betonlar oddiy
og‘ir to‘ldiruvchili betonga nisbatan 20% gacha yengil bo‘ladi.
Hozirda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab shahar maishiy chiqindilariga
termik va qayta ishlov berib, maydalangan tog‘ jinslari bilan birga yo‘l qurilishida,
hamda beton olishda ishlatish mumkin.
|