• Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
  • -MA’RUZA: IKKILAMCHI TOG‘ JINSLARI ASOSIDAGI




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    10-MA’RUZA: IKKILAMCHI TOG‘ JINSLARI ASOSIDAGI 
    TO‘LDIRUVCHILAR. METALLURGIYA SHLAKI. YOQILG‘I SHLAKI. 
    KUL VA KULSHLAKLI ARALASHMALAR 
    Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar 
    Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat 
    chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan 
    emas.
    Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt 
    “keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri 


    36 
    keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. 
    Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa, 
    ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. Shu sababli ikkilamchi 
    materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda 
    ko‘miladi.
    Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar 
    Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan 
    ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini 
    bosadi. Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga 
    nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik 
    chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin. 
    Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar 
    va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton 
    to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va 
    shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham 
    taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki 
    uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi. 
    Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda 
    olinadigan to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash 
    qo‘shimcha mablag‘ni talab etsa, u holda bunday tabiiy konni qayta ishlash 
    maysadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda 
    qo‘llashda, ular asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat 
    beradigan yangi davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi. 
    Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom 
    ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza 
    qilishda ham samaralidir. 
    Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi 
    materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo 
    materiallar sifatida qo‘llaniladi. 
    Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan 
    ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida 
    ishlatiladi. 
    Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma 
    vaqt alohida qayta ishlanmay, ba'zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. 
    Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli 
    boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq 
    tosh shaklida hosil bo‘ladi.
    Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida 
    temir-kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% 
    gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. Shu bilan bir qatorda mayda 
    qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni 
    ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori 
    mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 


    37 
    Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda 
    chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh 
    jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan 
    yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan 
    jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyma zichligi 800-1000 kg/m3 
    ni tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik 
    chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini 
    keskin kamaytirish imkonini beradi. 
    Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun'iy g‘ovak 
    to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish 
    mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. Shu sababli ko‘mir 
    boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi 
    tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA: IKKILAMCHI TOG‘ JINSLARI ASOSIDAGI

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish