• 9-MA’RUZA: TABIIY VA SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI G‘OVAK TO‘LDIRUVCHILAR
  • -rasm. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    6.6-rasm. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish:
    1-kichik mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi; 2-yuqori 
    mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi;
    Saylanma 
    maydalash 
    samaradorligi 
    kuch 
    ta'sirida 
    ishlaydigan 
    maydalagichlarda yuqori bo‘lib, toshlar kuch ta'sirida maydalanadi. Shu maqsadda 
    maxsus bolg‘ali, rotorli maydalagichlar, dezintegratorlar ishlatiladi.
    Chaqiq toshni mustahkamligi bo‘yicha boyitishga qaraganda dona shakli 
    bo‘yicha boyitish keng tarqalgan. Plastinkasimon va ninasimon shakldagi 
    donalarni alohida ajratish uchun tirqishli va maxsus kolosnikli g‘alvirlar 
    qo‘llaniladi, o‘z navbatida kichik xarajat o‘laroq katta samara beradi.
    Chaqiq toshning donalarini u yoki bu shaklda qo‘llashning samaradorligi 
    to‘g‘risida turli fikrlar mavjud.
    Ba'zi tadqiqotchilar (S.S.Gordon) chaqiq toshning plastinkasimon donasi kub 
    shaklidagidan yaxshi, ya'ni yuqori mustahkamlikdagi beton olish mumkin degan 
    nazariyani olg‘a surishadi.
    Biroq, kub shaklidagi chaqiq tosh asosidagi betonning joylashuvchanligi 
    yuqori bo‘lib, bu ayniqsa yupqa devorli konstruksiyalarda, masalan temir-beton 
    bosimli trubalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda chaqiq toshni dona 
    shakli bo‘yicha boyitish harajatlarni to‘la oqlaydi.
    Chaqiq toshni yuvish qachonki unda chang miqdori O‘zRST 8267-93 
    “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” talabidan oshsagina 
    bajariladi. Bu esa, ho‘l elash jarayonida bajarilib, suv g‘alvirlar ostidan sepiladi. 
    Chaqiq toshni quruq usulda havo ta'sirida changsizlantirish istiqbolli hisoblanib, 
    elash jarayoni bilan birgalikda bajariladi.
    9-MA’RUZA: TABIIY VA SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI 
    G‘OVAK TO‘LDIRUVCHILAR 


    35 
    Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan yengil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar 
    ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar ham kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, zich 
    tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay beton olish uchun 
    keng qo‘llaniladi. 
    G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va 
    shag‘alga bo‘linadi. Shag‘al esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5.10mm, 
    10...20mm va 20...40 mm. Shag‘al quyidagi yiriklik bo‘yicha ham ruxsat etiladi: 
    5..20mm yoki 5...40mm. 
    G‘ovak to‘ldiruvchilarning markalari uyma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi. 
    Agar uning uyma zichligi 400 - 500kg/m
    3
    bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga mos 
    keladi, uyma zichligi 600 kg/m

    bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos keladi va 
    boshqa. QMQ bo‘yicha g‘ovak shag‘alning markasi 300,350,400 va hokazo 
    1200gacha 100kg/m
    3
    oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi 500...1400 
    kg/m
    3
    ni tashkil etadi.
    Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning 
    mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya'ni silindrda maydalanishdagi 
    mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini 
    betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
    turli markalari bo‘yicha yengil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. Shu sababli 
    to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir-biri bilan 
    bog‘liqdir. Aytish mumkinki, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari qancha kichik 
    bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyma zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu 
    to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayadi, ya'ni materialning yirik 
    g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. 
    G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning 
    mustahkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog‘ 
    jinsi mustahkamligidan yetarlicha yuqori bo‘ladi. Shag‘alning yumshash 
    koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruksion-teploizolyasion 
    betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa 0,7dan 
    kam bo‘lmasligi kerak. 
    Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon va cho‘kindi 
    turlarga bo‘linadi. 

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish