• . Organik qo‘shimchalar
  • To‘ldiruvchilarda zararli qo‘shimchalar




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/145
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,95 Mb.
    #125770
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
    Bog'liq
    BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НK

    To‘ldiruvchilarda zararli qo‘shimchalar 
    To‘ldiruvchilarda uchraydigan zararli qo‘shimchalarni uchta guruhga bo‘lish 
    mumkin: birinchidan ifloslanishi-bu sementning normal gidrotatsiya jarayonining 
    borishiga to‘sqinlik qiladi; ikkinchidan-to‘ldiruvchi donalari yuzasida hosil 
    bo‘ladigan qobiqlar bo‘lib, to‘ldiruvchini sement toshi bilan yaxshi bog‘lanishiga 
    to‘sqinlik qiladi; uchinchidan-to‘ldiruvchining alohida yoki nuqsonli donalari 
    hisoblanadi. To‘ldiruvchining barcha massasi yoki uning bir qismi sement toshi 
    bilan reaksiyaga kirishganda zararli bo‘lishi mumkin.
    . Organik qo‘shimchalar
    Tabiiy to‘ldiruvchilar yetarlicha mustahkam va eskirishga qarshiligi bo‘lishi 
    mumkin, biroq shunga qaramasdan ular tarkibida sementning gidratatsiyasiga 
    qarshi bo‘ladigan organik o‘shimchalar mavjud bo‘lsa, u holda ular beton 
    tayyorlash uchun yaroqsiz hisoblanadi. To‘ldiruvchilardagi organik


    29 
    qo‘shimchalar bu o‘simlik moddalarining chirishi maxsuloti bo‘lib, eng 
    asosan dubil kislotasi yoki uning shakllari bo‘lib, gumus yoki organik gil shaklida 
    uchraydi. Organik qo‘shimachalar yirik to‘ldiruvchilarga nisbatan qumlarda ko‘p 
    uchraydi. To‘ldiruvchilardagi organik bog‘lovchilarning barchasi ham zararli 
    bo‘lmaydi, shu sababli ham ularni beton kublarida sinash lozim bo‘ladi. Biroq
    vaqtnt tejash maqsadida to‘ldiruvchi tarkibidagi organik bog‘lovchilarning 
    miqdori standartda keltirilgan miqdordan oshmasligini bilish zarur. ASTM C 40-04 
    standartiga mos holda to‘ldiruvchilar tarkibida organik qo‘shimchalarning borligini 
    tekshirish uchun kolorometrik namuna tanlanadi. Agar kolorometrik namunada 
    organik qo‘shimchalar uchrasa, u holda to‘ldiruvchilar betonda sinaladi. Buning 
    uchun tarkibida yuqori miqdorda organik qo‘shimchalar bo‘lgan sinalayotlan 
    to‘ldiruvchi asosida beton namunalar tayyorlanadi, hamda bu kub namunalarning 
    mstahkamligi, yaxshi sifatli to‘ldiruvchilar asosidagi kub namunalarning 
    mustahkamligiga solishtiriladi. Bir qancha davlatlarda to‘ldiruvchilar tarkibidagi 
    organik qo‘shimchalar olingan to‘ldiruvchi namunasini vodorod perekisi 
    yordamida qayta ishlab aniqlanadi. Shuni aytish kerakki, ba'zan organik 
    qo‘shimchalarning ta'siri
    vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi. Organik qo‘shimchalardan tashkil topgan 
    qum asosida tayyorlangan beton 24 soatlik yoshida mustahkamligi, toza qumda 
    tayyorlangan betonning mustahkamligiga teng holatda 53% ni tashkil etdi. 3 
    sutkali betonning yoshida mustahkamlik 82%ga, 7 sutkali betonning yoshida 
    mustahkamlik 92%ga, 28 sutkali betonning yoshidagi mustahkamligi toza qumda 
    tayyorlangan beton mustahkamligiga tenglashdi.

    Download 2,95 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘ldiruvchilarda zararli qo‘shimchalar

    Download 2,95 Mb.
    Pdf ko'rish