|
2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchiBog'liq BETON TOLDIRUVCHILARI TEXNOLOGIYASI UM Хайдаролв НKKul va kul-shlakli aralashmalar
Har yili ko‘mir, slanets yoki torfda ishlaydigan issiqlik elektrostansiyasi
pechlaridan katta miqdorda kul chiqadi. Biroq undan kam foydalaniladi. Ilmiy
tadqiqotlar va ishlab chiqarish tajribasidan ma'lumki issiqlik elektrostansiyasi
kullari betonlar uchun mayda to‘ldiruvchi sifatida yoki to‘ldiruvchilar ishlab
chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin.
Kul dispersli material bo‘lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo‘laklardan
tashkil topadi. 0,16mm ko‘zli elakda qolgan qoldiq 20-40% ni tashkil etadi. Kul
bo‘laklari g‘ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyma zichligi yoqilg‘i turi va uni
yoqish sharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m
3
ni tashkil etadi.
O‘zRST 694-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik
shartlar” ga ko‘ra kuldan mayda to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan
qum, hamda granullangan shlak bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi
samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini
yaxshilashga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda
to‘ldiruvchi sifatida og‘ir va yengil betonlarda foydalaniladi.
Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi
pechlarida kullar suv ta'sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va
samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Konstruksion-issiqlikdan
himoyalovchi
yengil
betonlarda
issiqlik
elektrostansiyasi kullaridan mayda to‘ldiruvchi sifatida ishlatishdagi texnik
shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo‘shimchalar keltirilgan.
Sifati past ko‘mirni yoqishda hosil bo‘lgan kulning tarkibida yonmagan
yoqilg‘i miqdori 5% gacha, tosh ko‘mir va antratsitni yoqishda hosil bo‘lgan kul
tarkibida esa 12 % gacha (massa bo‘yicha) standartda ruxsat etiladi.
Ko‘p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 20% gacha, ba'zan
esa 40% gacha tashkil etadi.
Bu holatda to‘ldiruvchi sifatida kulning armirlangan konstruksiyalarda
ishlatish chegaralanadi, biroq xomashyo sifatida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar
olishda ishlatish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2 O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yil “ ” dagi “ ” sonli buyruq bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. O‘UMni ishlab chiqqan tuzuvchi
|