2. O’rnatilgan tizimlarni tushintiring va misollar keltiring




Download 42 Kb.
Sana26.05.2024
Hajmi42 Kb.
#254364
Bog'liq
New Документ DOC


2.O’rnatilgan tizimlarni tushintiring va misollar keltiring
J:::O‘rnatilgan tizim - mahsus vazifalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hisoblash vositasi u boshqaradigan qurilmaga to‘liq o‘rnatiladi (joylashtiriladi). O‘rnatilgan tizimning oddiy kompyuterdan farqi, o‘rnatilgan tizim bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalani aniq talablar bo‘yicha bajarishidadir. Odatda o‘rnatilgan tizim joriy etilgan ob’ekt talablarini bajarishi kerak, ular quyidagilar: istemol quvvati, narx va cheklangan resurslarni ishlatishi. Ideal holda u muhit bilan ob’ektning hayot davri davomida muloqatda bo‘lishi kerak. Odatda, o‘rnatilgan tizim ancha katta tizimning bir qismi bo‘lib hizmat qiladi yoki boshqariladigan ob’ektga bevosita joylashtiriladi.

3.O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ko‘rsatgichlari ifodalang


J:::“O‘rnatilgan tizim” atamasining turli talqinlari mavjut, ulardan bazilarini keltiramiz [9]: O‘rnatilgan hisoblash tizimlari (O‘XT) – mahsus (buyurtmali) hisoblash tizimlari, boshqarish yoki nazorat qilish ob’ekti bilan bevosita muloqatdagi va u bilan bitta konstruksiya hosil qilgan tizimdir. O‘rnatilgan hisoblash tizimi – ma’lum vazifalar to‘plamini bajarish uchun mo‘ljallangan mahsus axborot-boshqaruv tizimi (ABT). Shaxsiy kompyuter bo‘lmagan, kichik kompyuter bo‘lmagan yoki katta universal kompyuter bo‘lmagan har qanday hisoblash tizimi o‘rnatilgan hisoblash tizimi deb atalishi mumkin. O‘rnatilgan hisoblash tizimi – bu qurilma tarkibida dasturlanuvchi kompyuteri bor tizim bo‘lib, shu bilan birga u kompyuter umumiy foydalanishlar uchun mo‘ljallanmagan bo‘lishi kerak. O‘rnatilgan hisoblash tizimi – amaliy jixatidan har qanday hisoblash tizimi bo‘lishi mumkin, lekin u stol usti kompyuteri bo‘lmasligi kerak. 18 O‘rnatilgan hisoblash tizimi – mahsus vazifalar uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, hisoblash elementi boshqaradigan ob’ektiga to‘liq joylashtirilgan bo‘lishi kerak. O‘rnatilgan tizimlar universal kompyuterlardan farqli bitta yoki bir necha oldindan aniqlashtirilgan vazifani bajaradi, odatda juda aniq talablar qo‘yilgan masalani. Texnik manoda o‘rnatilgan tizimlar atrof muhit bilan boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajarish uchun muloqatda bo‘lib, etibor qaratishni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni qator talablarini amalga oshiradi. Odatda ular quyidagi talablarni bajaradilar: narx, istemol quvvat va cheklangan resurslarni ishlatish. Ideal holda o‘rnatilgan tizim muhit bilan ob’ektning umri davomida muloqatda bo‘lishi kerak.

4. O‘rnatilgan tizimlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga misol keltiring


J:::rnatilgan tizim bilan boshqariluvchi ob’ektining aloqa qurilmasi o‘z tarkibiga o‘lchov datchiklari va birlamchi avtomatizatsiya vositalarining qator majmuasini oladi. Bunga datchiklar, oraliq o‘lchov o‘zgartirgichlari, analog-raqam va raqam-analog o‘zgartiruvi qurilmalar (ARO‘, RAO‘), signallar kommutatorlari, bajaruvchi qurilmalar, axborotlarni qabul qilish va uzatishning interfeys vositalari, xabar berish va aks ettirish elementlari.


5. Boshqariluvchi obyekt datchiklariga misol keltiring va izohlang

J:::Bu birlamchi o‘lchash qurilmalari bo‘lib, ularning vazifasi fizik kattaliklar (harorat, bosim, namlik) qiymatini elektr signaliga o‘zgartirishdan iborat. Bunda axborot kuchlanish, tok yoki signal chastotasini o‘lchash shaklida ifodalanadi.


6. Analog-raqam, raqam – analog o‘zgartiruvchi qurilmalarni tushintirib bering

J:::Bu qurilmalar uzluksiz kattalik qiymatlarini diskretizatsiyalash, kvantlash va kodlashtirishni amalga oshiradi va bu kattaliklarni ikkilik, ikkilik-o‘nlik yoki o‘nlik sanoq tizimida ifodalaydi. Analog-raqam o‘zgartiruvchi qurilmalarni (ARO‘) asosiy uch turga ajratadilar [20].




ARO’

Bu turdagi ARO‘ qurilmaning ishlash tamoili quyidagicha. ARO‘ qurilmaning kirishiga o‘lchanadigan kuchlanish Ux kelganda takt impulslar generatori Gt ishga tutushiriladi, jamlovchi sanoq qurilma SQ kirishiga impulslar kela boshlaydi, bu esa “kod-kuchlanish” turidagi raqam-analog o‘zgartirgichning chiqishida kuchlanishni oshishiga olib keladi. Bu Ua kuchlanish hozirgi ish tartibida SQ solishtirish qurilmasida kirishdagi o‘lchanayotgan kuchlanish bilan solishtiriladi. Ular teng bo‘lgan vaqtda Ux = Ua, solishtirish qurilmasining chiqish signali bilan jamlovchi sanoq qurilma kirishiga generatordan kelayotgan signallarni to‘xtatiladi



  1. Mikrokontrollerga ta’rif bering va misollar keltiring

J:::Mikrokontrllerlar universal qurilma bo‘lib, amalda har doim alohida qurilma sifatida ishlatilmaydi, bolkim ancha murakkab qurilmalar tarkibida qo‘llaniladi, shu jumladan kontrollerlar tarkibida ham. Mikrokontrollerning tizimli shinasi foydalanuvchidan mikrosxemaning ichiga yashirilgan. Mikrokontrollerga tashqi qurilmalarning ulanish imkoniyati chegaralangan. Mikrokontrollerdagi qurilmalar odatda bitta masalani yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.


Mkrokontrollerlar ishlatilish sohasi bo‘yicha, tashkillashtirilish tarkibi bo‘yicha, razryadligi, tashqi qurilma to‘plamlari, buyruqlar tizimi va boshqa belgilari bo‘yicha mikrokontrollerlar oilalarga guruxlashtirilgan. Bundek oilaning yorqin namoyondasi bo‘lib Motorola firmasining 32-razryadli mikrokontrolleri, Intel firmasining 16-razryadli MCS-96 mikrokontrollerlari, Atmel firmasining AVR RISC-mikrokontrolleri, ko‘p yadroli mikrokontrollerlar ARM, MicroChip firmasining ixcham PIC-kontrollerlari, Siemens firmasining umumiy vazifalar uchun mo‘ljallangan SAB mikrokontrollerlari bo‘la oladi.



  1. VLIW arxitekturasini tushuntiring

J:::Katta uzunlikdagi buyruq so‘zlariga ishlov berish (Very Long Instruction Word -VLIW) bitta taktda ishlov beriladigan buyruqlar sonini jiddiy oshirish imkonini beradi. Bundek buyruqlar bir necha qisqa buyruqlar birlashmasidan iborat, ularni bajarish uchun bir necha parallel ishlovchi bloklar zarur. Shu bilan bir qatorda VLIW-protsessorlari bir taktda bir vaqtda bajarilishi bo‘yicha turli buyruqlarga ishlov bera oladi. 83 VLIW-texnologiyasida kompilyator dastlab boshlong‘ich dasturni tadqiqot qiladi, bunda bir vaqtda bajarilishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni qidiradi, lekin ular turli bajaruvchi bloklarda amalga oshiriladi. So‘ng kompilyator bundek buyruqlarni paketlarga birlashtiradi. Har bir paket bitta juda uzun buyruqni tashkil etadi, u faqat sodda buyruqlardan iborat bo‘lib, bir vaqtda protsessorning turli bajaruvchi bloklarda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda bitta juda uzun buyruqda sodda buyruqlar soni protsessorda mavjut funksional bloklar soniga teng.

  1. Konveyer arxitekturasini tushuntirib bering

J:::

  1. Kompyuter tizimi nima? Misollar keltiring.

J:::Kompyuter tizimi, kompyuterning asosiy komponentlari, masalan, protsessorlar, xotiralar, va kiritilgan ma'lumotlar bilan bir qatorda amalga oshiriladigan tarkibiy tizimdir. Ushbu tizimlar tarmoqlar, protokollar, va dasturlar orqali ma'lumot almashish va ishlashni amalga oshiradi. Misollar quyidagilardir:

1. **Shakllantirilgan kompyuterlar (PC):** Bunday kompyuterlar odatda operatsion tizim (masalan, Windows yoki MacOS) va dasturlash tili (masalan, Python yoki Java) bilan ta'minlangan bo'lib, har bir shaxsning shaxsiy yoki kasbiy foydalanishiga moslashtirilgan.


2. **Serverlar:** Serverlar, qizil internetda veb-saytlarni va ma'lumotlar bazalarini yuklab turish, saqlash, va ularga kirish uchun xizmat qiladigan kompyuter tizimlardir. Ularga aloqador tarmoqlar orqali bir nechta iste'molchilarga xizmat ko'rsatish mumkin.

3. **Mobil qurilmalar:** Smartfonlar, planshetlar va uyali qurilmalar, keng doiradagi funksiyalarga ega bo'lgan, ko'plab dasturiy va hayotiy foydalanishga mo'ljallangan kompyuter tizimlardir. Ularga aloqador tizimlar, ilova do'koni va internet foydalanish uchun brauzerlar kabi vositalar kiritilgan.





  1. **O'rnatilgan tizimlar (Embedded systems):** O'rnatilgan tizimlar, maxsus vazifalarni bajarish uchun yaratilgan kompyuter tizimlardir. Ular avtomobil boshqaruv tizimlari, uy jihozlari, tibbiy qurilmalar va sanoat avtomatlashtirish tizimlari kabi uskunalarda ishlatiladi.


  1. O‘rnatilgan apparat ta’minoti nima?

J:::
Download 42 Kb.




Download 42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. O’rnatilgan tizimlarni tushintiring va misollar keltiring

Download 42 Kb.