|
2-seminar 2-mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish funksiyalari. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 58,11 Kb. | | #140396 |
Bog'liq 2-SEMINAR
2-SEMINAR
2-mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish funksiyalari.
Reja:
Pedagogik kompetentlik fanini rivojlanish bosqichlari.
Fanni o‘qitishda o‘ziga xos xususiyatlari.
Pedagog kompetentligini rivojlantirishda tizim va muxit munosabati.
Seminar mashg‘ulotini olib borish tartibi: talabalardan ixtiyoriy ravishda kichik guruhlar shakllantiriladi, mavzu buyicha asosiy tushunchalarni javdal va sxemalari shakllantiriladi. Talabalar o‘zlari bajargan amallarini individual yoki guruhiy tarzda izohlab, himoya etadilar.
Tayanch tushunchalar: Kasbiy kompetentlik, tizim, ijtimoiy-madaniy muhit, kasbiy-pedagogik faoliyat, kasbiy-pedagogik jarayon.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligini qayd etadi.
Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari (A.K.Markova)
Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jaraѐnida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi. “Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiyashaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy haѐtda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jaraѐni o‘sib kelaѐtgan ѐsh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy
O’zbekiston sharoitida xam pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning uziga xos jixatlari urganilgan bulib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot uziga xos axamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga kura pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi buyurtma asosida haѐtga tayѐrlashdan iborat.
Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari (B.Nazarova)
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayѐrlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim va tarbiya jaraѐnida ѐshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, haѐtiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunѐqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ѐshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va haѐt sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim.
Shu nuqtai–nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi. SHaxs Kadrlar tayѐrlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayѐrlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi. OTM pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish – ta’lim turlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, Davlat talablari asosida nafaqat kasbiy va pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, balki ularning kasbiy kompetentligini muntazam rivojlantirib, yangilab borishni talab etadi .
Kompetentli pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish layoqatiga ega, mas’uliyatli, faol, tashabbuskor, ijodkor shaxs. Pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o‘z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni muntazam o‘rganib, pedagogik kasbiy bilim va ko‘nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga ega bo‘ladi va uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi . Har qanday ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning metodologiyasi tanlab olinadigan g‘oyalar, nazariya va yondashuvlar asosida o‘rganiladigan hodisa va jarayon mohiyati talqin qilinishida o‘z ifodasini topadi, obyekt to‘g‘risidagi tasavvurlar modellashtiriladi, uni samarali rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va pedagogik shart-sharoitlari aniqlanadi. Bunda pedagogikaning ijtimoiy fan ekanligidan kelib chiqib, u yoki bu g‘oyani ifoda etishda unga asos bo‘ladigan yo‘nalishlardan biri tizim va tizimli yondashuvga alohida e’tibor qaratildi. Pedagogika sohasida olib borilgan nazariy va empirik tadqiqotlar natijasida tizim tushunchasining mohiyati o‘rganildi. Tizim ma’lum bir yaxlitlikni hosil qiluvchi, bir-biri bilan ma’lum bir munosabat va bog‘lanishlarda bo‘lgan elementlar majmuasi.
“Pedagogik tizim” tushunchasi tizim va pedagogikaning tarkibiy elementlariga asoslanadi. Shuning uchun bu elementlar talqiniga murojaat etamiz. Masalan, I. Y. Potoroko maqsadni aniq ifoda etuvchi tizimni “ma’lum bir vaqt oralig‘ida aniq bir maqsad doirasida muhitdan ajratib olingan chekli funksional elementlar va ular orasidagi munosabatlar to‘plami” sifatida izohlaydi . Aniq bir tizimlarni loyihalash va tahlil qilishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: - tizim ishlashining maqsadi; - tizim komponentlari va ularning munosabatlari; - tizimi bilan muhitning o‘zaro ta’siri. Tizim tartibli ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan alohidaalohida qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir.
Birinchidan, tizim muayyan tartibga keltirilgan elementlar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
Ikkinchidan, tizim haqida gapirilganda “tizim” hamda “muhit” tushunchalarining o‘zaro nisbatini qarab chiqish lozim. Muhit barcha tizimlarning mujassamlashuvi, ya’ni metasistemani ifodalaydi.
Uchinchidan, tizim tadqiq qilinayotgan, alohida ajratib olingan va ayni vaqtda atrofimizni o‘rab turgan olamning bizni qiziqtirayotgan qismidan tashqarida yotadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, tizim muhitdan ajratib olingan obyektlar to‘plamidir. Muhit va tizim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjud bo‘lib, bu orqali ularning o‘zaro ta’sirlashuvi amalga oshadi, biroq pedagog olimlar tizim va muhit o‘rtasidagi chegaralanishni belgilashda nima asosda ish ko‘rganliklarini aniq ifoda etishlari zarur.
To‘rtinchidan, tizim va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni quyidagicha tasavvur etish mumkin, ya’ni tizim va tashqi muhit o‘rtasidagi ko‘plab cheksiz o‘zaro aloqalarni berilgan vaziyatdagi ahamiyatiga ko‘ra bitta kiruvchi va bitta chiquvchi aloqa sifatida tasavvur qilamiz. Ular o‘rtasidagi kiruvchi va chiquvchi aloqa davomida ta’lim oluvchi resurs sifatida muayyan pedagogik tizimga kirib, tizimning yakuniy mahsuli mutaxassis sifatida shakllanib, madaniy va ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatish uchun safarbar etiladi. Tizim va tashqi muhit o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, muhit tizimga resurslarni yetkazib beradi, tizimdan esa faoliyatning yakuniy natijasini, ya’ni shakllangan mutaxassisni qabul qilib oladi.
Beshinchidan, shunisi e’tiborliki, tizimning faoliyat natijalari prinsipial jihatdan muhitda yaratilish imkoniyati yo‘q (aks holda tizimni muhitdan ajratishga ehtiyoj qolmaydi).
Tizim muhitga o‘z motivlari va ehtiyojlarini qondirish manbayi sifatida kerak bo‘ladi. Pedagogik tizim maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilma bo‘lib, u muayyan tashqi muhitda muammoli vaziyat hal etish imkoniga ega bo‘ladi
Tizim– ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni yechish maqsadiga qaratilgan mehnat faoliyati, funksiyasi va tuzilmasi. Uni tuzilmaviy tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshiriladi: subyektlar (ular o‘zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo‘luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va obyektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida subyektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi). Yuqorida ko‘rsatilgan tizimning shakllanish bosqichlari muammoli vaziyatda qo‘llanilishi tizim maqsadi, mehnat faoliyati, mehnat funksiyalari va tuzilmasini aniqlash tashqi muhit tomonidan chegaralangan sharoitda faoliyat ko‘rsatuvchi real tizimlarning etaloni bo‘lib xizmat qila oladigan tashkiliy-metodik tizimni yaratish imkonini beradi.
Oliy ta’lim muassasasida kasbiy pedagogik tayyorgarlik tizimining formal tuzilmasi o‘qituvchilar, ta’lim vositalari, talabalar hamda o‘qitish texnologiyalari majmuasidan iborat bo‘ladi. Qarab chiqilayotgan tizimlar bir xil maqsadga ega degan farazga asoslansak, bu ma’noda tavsiya etilayotgan formal tuzilma tizim maqsadidan kelib chiqib belgilanishi to‘g‘risidagi xulosaga kelamiz (1-jadval). Oliy ta’lim muassasasida o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik kompetentligini shakllantirish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishning asosiy maqsadi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq mazkur, ya’ni gumanitar soha pedagogika ta’limi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan muayyan fan (modul) g‘oyalariga ko‘ra yetuk, malakali kadrlarni tayyorlashdir.
Davlat ta’lim standartida bitiruvchi o‘zining kasbiy-pedagogik faoliyatida o‘qituvchilik, tarbiyachilik, o‘quv-metodik ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot vazifalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. Malakali mutaxassisni tayyorlashda, ya’ni tayanch, umumkasbiy (kasbiy-pedagogik) va kasbiy (maxsus) kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim mazmuni (DTS va o‘quv reja, dasturlar), shakli, metodi, vositalari (darsliklar, elektron axborot ta’lim resurslari va boshqa didaktik materiallar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, laboratoriya jihozlari va hokazolar) va talim texnologiyalari (ta’lim metodlari, tashkiliy shakllari va boshqalar)dan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etiladi hamda kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish va auditoriyada ideal sharoitda olingan nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni real sharoitda tajribadan o‘tkazish maqsadida malakaviy amaliyot tashkil etiladi.
Bunda ta’lim jarayonida egallangan tayanch, umumkasbiy (kasbiy-pedagogik) va kasbiy (maxsus) bilim, ko‘nikma, malakalar mehnat faoliyati amaliyotiga tatbiq etiladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyat natijasida mustaqil, faol, tashkilotchi, qobiliyatli, ijodkorlik (kreativlik) ruhida, o‘zini o‘zi nazorat qila olish tartibida faoliyat olib boradigan, ma’lum kompet tayyorlanganligini tekshirish va tahlil qilib borish uchun faoliyat monitoringi olib boriladi. Natijada yetuk, malakali kadrlarning mustaqil va rejali asosda o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini izchil rivojlantirib borishining ta’minlanishi kuzatiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan kasbiy-pedagogik faoliyatlar tizim ichida kechadi, lekin bu tizim faoliyatining samarasi uni o‘rab turgan ijtimoiy, madaniy muhitda mutaxassisning o‘z funksional vazifalarini qay darajada bajara olish layoqatida ko‘rinadi va bu mutaxassisdan o‘zini o‘zi doimiy ravishda monitoring qilib borishi kerakligini taqozo etadi.
Monitoring ta’lim-tarbiya sohasida o‘quv jarayoni va uni boshqarishning uzluksiz kuzatuvini olib borish jarayoni bo‘lib, ma’lum bir hodisa yoki jarayonni tizim va muhitning o‘zaro aloqasi maqsad “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muayyan fan g‘oyalariga ko‘ra malakali kadrlar tayyorlash Kasbiy-pedagogik faoliyati vazifalari O‘qituvchilik Tarbiyachilik O‘quv-metodik ishlab chiqarish Ilmiy-tadqiqot Kasbiy-pedagogik faoliyati jarayoni O‘quvtarbiya jarayoni, malakaviy amaliyot Ta’limning mazmuni, shakli, metodi, vosita va texnologiyalari Tayanch, umumkasbiy (kasbiypedagogik), kasbiy (maxsus) kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish Kasbiy-pedagogik faoliyat natijasi Tayanch, umumkasbiy (kasbiy-pedagogik) va kasbiy (maxsus) bilim, ko‘nikma, malaka, boy dunyoqarashga, mustaqil, faol faoliyat olib boradigan, kompetentlik darajasiga ega yetuk malakali kadrlarning tayyorlanganligi Kasbiy-pedagogik faoliyati natijasini nazorat qilish kuzatish, baholash va taxmin (prognoz)lash demakdir.
|
| |