2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim




Download 203,58 Kb.
bet5/22
Sana21.11.2023
Hajmi203,58 Kb.
#102492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o\'rrganilishi...kurs ishim

Olmosh tarixiy nuqtai nazardan yoritilgan asarlar. O‘zbek tili tarixiy morfologiyasining ismlar silsilasida qaraladigan olmoshlar qadimiy turkumlardan bo‘lib, ularning shakllanishi va taraqqiyoti G‘.Abdurahmonov va Sh.Shukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. II qism. Tarixiy morfologiya. Birinchi bo‘lim” kabi asarlarda, H.Ne’matovning ayrim ishlarida tadqiqot obyekti bo’lgan hamda o‘zining tegishli ilmiy-nazariy bahosini olgan.

O‘zbek tilshunosligida olmoshlar tadqiqiga bag‘ishlangan sezilarli ishlardan biri Yusupovning kuzatishlari bo‘lib hisoblanadi. Olimning “Eski
o‘zbek adabiy tilida olmoshlar (XV-XVI asrlar)” deb nomlangan monografiyasida Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida, XV-XVI asrlarda yuzaga kelgan yozma yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan olmoshlarning barcha turlari aniqlangan va tavsiflangan. Eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan olmoshlarning asosiy leksik- grammatik hamda semantik farqlari, o‘ziga xos xususiyatlari ishonchli dalillar asosida ko‘rsatib berilgan.17
Muallif olmoshlar xususidagi u yoki bu fikrni tasdiqlash maqsadida XI- XII asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar hamda hozirgi o‘zbek tili va uning shevalaridan to‘plangan materiallardan qiyosiy foydalangan.
Rus va turkiy tilshunosliklar hamda o‘zbek tilshunosligida olmoshlarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator ishlar B.Yusupovning monografiyasida tahlil qilingan va ularning ayrimlariga munosabat bildirilgan.
Tadqiqotga berilgan ilovalar ham ilmiy jihatdan ahamiyatlidir. Ilovalardan ma’lum bo‘lishicha, XV-XVI asrlar eski o‘zbek tilida ifodasini topgan 64 ta olmosh (men, sen, ul, u, nimarsa, kimsa va boshqalar), qayd etilgan davrda qo‘llangan 48 ta olmoshning asli turkiy ekanligi, 9 ta arab tilidan o‘zlashtirilgan (jam’i, koffa, biajmaihim va boshqalar), 7 ta fors-tojik tillaridan olingan (hamin, hamon, tobakay va boshqalar). Ilovalardan XV-XVI asrlarda qo‘llangan olmoshlarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shakllarining qiyosiy jadvali ham joy olgan.
U. Sanaqulovning doktorlik dissertasiyasida olmoshlar evolyusiyasi xususida ham so‘z yuritilgan. Unda To‘nyuquq, Kultegin, Oltin yoruq kabi yozma yodgorliklar tilida qo‘llangan ban (men), na, kanty (kandy), o‘z, qamug‘- qamuq (hamma, barcha), alqu (hamma), anaqaya (ana-mana), sa-si (sen), yshyl, oshal, shyl, ysh, oshny, ashny, na-ns, nschyk, mlyk, nstsk, nsgu, nssha, qay, qach, qan, qanda, qayan singari olmoshlar tahlil qilingan. Ilovadagi 12-jadvalda



17 Мирзақулов Т. Грамматика ўқитишнинг лингвистик асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 56 б.
VII-X asrlarda, 13-jadvalda XI-XIV asrlarning yodgorliklari tilida qo‘llangan olmoshlar sanab o‘tilgan18.

  1. Hozirgi o‘zbek tilidagi olmoshlar maxsus tadqiq qilingan yoki olmoshlar masalasi ham tilga olingan asarlar. Mazkur so‘z turkumi monografik yo‘nalishda ham o‘rganilgan. Masalan, X.Komilovaning ‘‘O‘zbek tilida son va olmosh’’ asari va I.Suyarovning ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida olmosh’’ mavzuyidagi nomzodlik dissertasiyasi bu boradagi yirik tadqiqotlardan bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ishlarda olmoshlarning lingvistik tabiati, ayniqsa, grammatik xususiyatlari to‘g‘risida atroflicha mulohazalar yuritilgan, stilistik xususiyatlariga ham qisman to‘xtalib o‘tilgan.

O‘zbek tili olmoshlari haqidagi ilk maxsus tadqiqot X.Komilova qalamiga mansub. Uning ‘‘O‘zbek tilida son va olmosh’’deb atalgan ishida olmoshlarning umumiy tavsifidan so‘ng, ularning turlari haqida so’z yuritilgan va ular 6 ta deb ko‘rsatilgan. Olmoshlarning monografik tadqiqi I. Suyarovning yuqorida tilga olingan tadqiqotida maxsus amalga oshirilgan. Mazkur dissertasiya bevosita olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Ammo I.Suyarovning bir mulohazasi aniqlik talab qiladi. Muallif olmoshlarning bir turi ayrim tilshunoslar (Q. Ramazon va X.Qayumiy, A.K.Borovkov, M.Mirzayev, S.Usmonov, S.Ibrohimov, A.Rasulov va boshqalar) tomonidan kishilik olmoshlari va boshqalari tomonidan (X.Komilova) shaxs olmoshlari deb nomlanganligini uqtirib, shunday xulosaga keladi: shaxs olmoshlari termini bu turdagi olmoshlarning xususiyatlariga har jihatdan mos keladi. Bu turdagi olmoshning shaxs olmoshi yoki kishilik olmoshi deb atalishi masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi. Shu bois, ko‘pchilikning fikrini va mustaqillikdan keyingi yangi Davlat ta’lim standartlari asosida yaratilgan barcha turdagi o‘quv adabiyotlaridagi nomlanishni inobatga olib, kishilik olmoshlari terminini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.





18 Зиёдова Т.У. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш. Пед. фан.номз. ёзилган дисс. – Тошкент, 1995. – 141 б.
O‘zbek tilshunosligida olmoshlarning o‘rganilishi va uning so‘z turkumlari tizimida tutgan o‘rni, tarixiy shakllari, olmoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiati, badiiy matnlarda uchrashi ayrim maqolalarda ham o‘z ifodasini topgan. M.Asqarova, S.Ibrohimov, G‘.Karimov, S.Muhamedov, M.Temirova, B.Ubaydullayev, U.Sharipova, Q.Mahmudov, H.Hojiyeva, D.Hakimova kabi tilshunoslarning maqolalari shular jumlasidandir.


  1. Download 203,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 203,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim

Download 203,58 Kb.